Talabalik vizalari haqida savol va javoblar

I-20 qanday forma?
I-20 formasi rasmiy hujjat bo‘lib, u AQSh hukumati tasdiqlagan o‘quv muassasasi tomonidan beriladi. Bu hujjat barcha talabalik F-1 va M-1 vizasiga murojaat etuvchilardan talab etiladi. I-20 hujjati sizning o‘quv yurtiga qabul qilinganligingizni tasdiqlab, SEVIS I-901 to‘lovini to‘lashingiz, vizaga murojaat etishingiz yoki viza maqomini o‘zgartirish va AQSh hududiga kirishingiz uchun kerakli ma’limotlarni o‘zida jamlaydi. I-20 formasida talabaning shaxsiy raqami ko‘rsatilgan bo‘lib, bu raqam N harfi bilan boshlanuvchi to‘qqizta raqamdan iborat.
SEVIS tizimi nima va u menga qanday ta’sir etadi?
Talaba va tajriba almashinuv dasturi ishtirokchilari ma’lumoti tizimi (SEVIS) barcha o‘quv muassasalaridan o‘zlarining yangi va o‘qishni davom etayotgan xorijiy talabalarining ma’lumotlarini, maqomlarini tasdiqlashni talab etuvchi tizimdir. Talabalik vizasiga murojaat etuvchi unga viza berilishidan avval SEVIS to‘lovini to‘lagan bo‘lishi shart va dalil sifatida to‘lov tasdiq varog‘ini suhbatga olib kelish lozim. Bu haqida SEVIS veb-sahifasida batafsil ma’lumot mavjud.
I-20ni qanday olish mumkin?
AQSh hukumati tasdiqlagan o’quv muassasasidan (Student and Exchange Visitor Program (SEVP) certified school) qabul xati olganingizdan keyin, SEVIS I-901 to’lovini to’lashingiz kerak. Shundan keyin, o’quv muassasasining tegishli bo’limi manzilingizga I-20 formasini yuboradi.
I-20 formasida siz o’quv muassasasiga F-1 yoki M-1 vizasi asosida qabul qilinganingiz, o’quv muassasasida ta’lim olish narhi, o’qish puli (tuition fee) va yashash harajatlari (living expenses) to’lganligi haqida ma’lumot yozilgan bo’ladi. Agar o’quv muassasasiga stipendiya asosida (scholarship) qabul qilingan bo’lsangiz, I-20 formasi bu ma’lumotni ham ko’rsatadi.
Qachon talabalik vizasiga murojaat etishi mumkin?
Sizga I-20 formasini olishingiz bilanoq vizaga murojaat etishingiz mumkin. Qancha erta murojaat qilsangiz, shuncha erta suhbatga kirasiz. Ammo, viza I-20 formasida ko‘rsatilgan o‘qish boshlanish sanasidan 120 kun avval berilmaydi.
Men viza olganimdan keyin AQShga qachon ketishim mumkin?
Viza berilgan vaqtdan qat’iy nazar, AQSh hududiga I-20 formada ko‘rsatilgan o‘qish boshlanish sanasidan 30 kun avval kirib bo‘lmaydi.
Men vizaga murojaat etganimdan so‘ng, boshqa o‘quv muassasasidan yangi I-20 formasini oldim. Shu formani ishlatsam bo‘ladimi?
Agar yangi formani suhbatga kelishingizdan avval olgan bo‘lsangiz, bu haqda suhbatga kelganingizda Konsulga ma’lum qiling. Agar vizangizni olib bo‘lib, u erda ko‘rsatilgan o‘qishga emas, balki boshqa o‘qish joyiga bormoqchi bo‘lsangiz, AQSh immigratsiya xodimlari sizni AQShga ga kirishingiz uchun ruxsat bermasliklari mumkin.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida F-1 vizasi asosida o‘qiyotgan talaba ishlash huquqiga egami?
Kunduzgi bo‘lim talabalari o‘qish muassasasi ichida haftasiga 20 soatdan oshmaydigan ishga kirishlari mumkin. Talabalik maqomida bir yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan talabalar AQSh fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) ruxsati bilan tashqaridan ish izlashlari mumkin. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot olish uchun o‘qish muassasasidagi maslahatchiga murojaat eting.
Turistik viza bilan AQShda o‘qish mumkinmi?
Tartib bo‘yicha, AQShda o‘qish uchun talabalik vizasiga ega bo‘lish lozim. Lekin agar o‘quv dasturi yakunida diplom berilmasa va o‘qish haftasiga 18 o‘quv soatidan oshmasa, siz turistik viza bilan AQShda darsga qatnashishingiz mumkin. Bunday holatlarda siz turistik vizaga murojaat qilishingizdan oldin o‘qish joyidan sizga turistik viza bilan o‘qishga ruxsat berilishini ko‘rsatuvchi hujjat so‘rashingiz kerak.
Mening farzandim AQShda o‘qiydi. Men u bilan birga yashashim mumkinmi?
Siz V-1/I-V-2 toifali viza bilan AQShga borib farzandingizni ko‘rib kelishingiz mumkin. Lekin o‘zingiz toki immigratsion, vaqtinchalik ish yoki talabalik vizasiga ega bo‘lmagunga qadar farzandingiz bilan AQShda yashay olmaysiz.
Ma’lumot AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vebsahifasida joylashgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.