574-386-2815

Call Us Now

 

Qalliq vizasi nima?

Langar Law Firm > Immigratsiya jarayoni  > Qalliq vizasi nima?

Qalliq vizasi nima?

K-1 vizasi nima?

Qalliq vizasi (yoki K-1 vizasi) AQSh fuqarolari bilan AQShda qonuniy nikohdan o‘tib, AQShni tark etmasdan, doimiy qonuniy rezident maqomini olish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan. K-2 vizalari K-1 vizalarini olgan shaxslarning farzandlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu farzandlar ham viza suhbatiga kelishlari shart.

K-1 vizasiga hujjatlarni topshirish jarayoni nimadan iborat?

AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz o‘z yashash joyi bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining Xizmat Markaziga pochta orqali I-129 (Chet el fuqarosi bo‘lgan qalliq uchun petitsiya) Formasini topshirishi kerak.

Qallig‘ingiz AQShdan tashqarida yashayotgan bo‘lsa, u petitsiyani o‘zining AQShda eng so‘nggi yashagan joyida vakolatga ega AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining AQShda joylashgan Xizmat Markaziga (Service Center) pochta orqali topshirishi kerak.  Qallig‘ingiz Sizning nomingizga petitsiyani topshirganidan keyin, siz petitsiyaning maqomini AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining Ish Maqomini Tekshirish Sahifasida tekshirishingiz mumkin.

AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati ma’qullangan petitsiyani AQSh Davlat Departamentining Milliy Viza Markaziga yuboradi. Milliy Viza Markazi esa, o‘z navbatida, petitsiyani Toshkentdagi AQSh elchixonasining Immigratsion Vizalar bo‘limiga jo‘natadi. Immigratsion Vizalar bo‘limi sizga elektron pochta orqali K-1/K-2 vizalariga murojaat etuvchilar uchun yo‘riqnoma yuboradi.

I-129 Formasini to’ldirishda nimalarga e’tibor berish kerak?

K vizasi uchun petitsiya topshirganlar o‘zlarining O‘zbekistondagi qalliqlari bilan bog‘lanish uchun to’g’ri ma’lumot (contact information) kiritishlari kerak (masalan, manzil, telefon raqami, electron pochta manzili va hkz.). Agar bog‘lanish uchun ma’lumotlar kiritilmagan bo‘lsa yoki ular noto‘g‘ri bo‘lsa, bu ishni ko‘rib chiqishni va suhbat vaqtini belgilashni kechiktiradi.

Qalliq qanday forma(lar)ni to’ldirishi kerak?

Qalliq DS-160 elektron anketani to‘ldirishi kerak. Bu anketani elektron ravishda Konsullik Masalalari Byurosining Konsullik Elektron Anketalar Markazi sahifasida to‘ldirish lozim. Siz suhbatingizga shu DS-160 anketasining to‘ldirilganini tasdiqlovchi sahifani printerda chop etib, olib kelishingiz shart! Iltimos, anketaning shtrix-kodi aniq chop etilganiga ishonch hosil qiling (NAMUNAga qarang).

Ham I-129, ham DS-160 Formalarini to’ldirishda yo‘riqnomalarga (Instructions) aniq amal qilish darkor. Yo‘riqnomalarga aniq amal qilmaslik ishingizning ko‘rib chiqilishi kechikishiga olib kelishi mumkin.

K-1 vizasi bilan AQShga kelganimdan keyin nima qilishim kerak?

K-1 vizasi bilan AQShga kirganingizdan so‘ng AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz bilan qonuniy nikohdan o‘tishingiz kerak. Nikohdan AQShga kirganingizdan keyin 90 kun ichida o’tishingiz shart. AQShda qonuniy nikohdan o‘tganingizdan so‘ng, siz va AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati bilan bog‘lanib, maqomingizni Doimiy Qonuniy Rezidentga o‘zgartirishingiz kerak. Sizning maqomingiz o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda o‘zgarmaydi.

AQShning O’zbekistondagi elchixonasi vebsahifasiga joylashtirilgan ma’lumotlar asosida tayyorlandi.

 

No Comments

Leave a Comment

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?