574-386-2815

Call Us Now

 

Musulmonlarni AQShga kiritmaslikni maqsad qilgan qarorlarning qisqa tarixi

Langar Law Firm > Immigratsiya jarayoni  > Musulmonlarni AQShga kiritmaslikni maqsad qilgan qarorlarning qisqa tarixi

Musulmonlarni AQShga kiritmaslikni maqsad qilgan qarorlarning qisqa tarixi

Prezidentlik kampaniyasi davomida Donald Tramp bir necha marta musulmonlarni AQShga kiritmaslik kerakligini va Prezident bo‘lib saylangan taqdirda buni amalga oshirishini va’da qilgani esingizda bo‘lsa kerak. Va’dalariga sodiq qolib, Prezident Tramp 2017 yil 27 yanvar kuni bir nechta musulmon davlatlar fuqarolarini kiritishni ta’qiqlovchi Qarorni (Executive Order 13769) imzoladi.  Mazkur qaror xalq tilida “Muslim Ban” (Musulmonlarga qarshi taqiq) nomini oldi.  1-Qaror Amerika hududiga 90 kun davomida 6 musulmon davlat fuqarolarini kiritishni ta’qiqladi.  Bular Iroq, Suriya, Eron, Liviya, Somaliya, Sudan va Yaman. Shu bilan birga Suriyadan muddatsiz ravishda qochoqlar kiritilishiga ta’qiq qo‘yildi.

Ertasi kuniyoq, ya’ni 2017 yil 28 yanvar kuni, Nyu York shtatining federal sudyasi (Judge Ann M. Donenelly) 1-Qaror amal qilishini qisman va vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi (Temporary restraining order). Sababi da’vogarlar AQSh Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan qonuniy jarayon (Due process) va teng huquqiy himoyaga ega bo‘lish huquqlari (Equal protection) buzilganligini isbotlashlari mumkinligini asoslab berdilar.  Nyu York sudyasi orqasidan Massachusets shtatining sudyasi ham shunday qarorga keldi.

2017 yil 30-yanvarda Trampning 1-Qarorini yoqlab chiqmagani uchun Tramp Bosh Prokurorni (Attorney General) ishdan haydab yubordi.

Sudda 1-Qarorni konstitutsiyaviy jihatdan asoslab bo‘lmasligini anglagan hukumat, 2017 yil 6-mart kuni qarorga o‘zgartirishlar kiritdi va yangi 2-Qarorni qabul qildi (Executive Order 13780). 2-Qaror AQShga kirishi ta’qiqlangan davlatlar qatoridan Iroqni chiqarib, Liviya, Somaliya, Sudan, Suriya va Yamanni qoldirdi. Ertasi kuniyoq Gavai shtati 2-Qaror bajarilishi ustidan vaqtincha ta’qiq (Temporary restraining order) qo‘yilishini so‘rab, sudga murojaat qildi.  Sud da’vogarlarning iltimosini asosli topib, 2-Qaror bajarilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Musulmon o‘lkalardan kelayotganlarni kiritmaslikni maqsad qilgan qarorlar bu ko‘rinishda hech qachon sud tomonidan ma’qullanmasligini tushungan AQSh hukumati, 24-sentyab kuni yangi 3-Qarorni qabul qildi (Proclamation 9645). Mazkur qaror Musulmon davlatlar qatoriga Musulmon bo‘lmagan mamlakatlarni ham qo‘shdi. 3-Qaror ko‘pchiligi Musulmon bo‘lmagan Chad va Shimoliy Koreya fuqarolariga qarshi turli ko‘rinishdagi viza cheklovlarini qo‘lladi.

2017 yil 17 oktyabr kuni 3-Qaror yana sud tomonidan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yldi. Ammo hukumat mazkur qaror ustidan Oliy Sudga apelyatsiya tartibida shikoyat qildi va Oliy Sud quyi sudlar tomonidan qo‘yilgan vaqtinchalik to‘xtatish qarorlarini bekor qilib, butun apelyatsiya qilish jarayoni tugaguniga qadar 3-Qaror talablari bajarilishi kerakligini aytdi.

2017 yil 22 dekabr kuni federal apelyatsiya sudi (9th Circuit Court of Appeals) 3-Qarorni mohiyatan (Merits) ko‘rib chiqib, AQSh Konstitutsiyasiga zid ekanligi haqida qaror chiqardi.  Ammo apelyatsiya jarayonida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan boshqa ishlar hali yakuniga etmagani sababli, 3-Qaror hozirda amal qilmoqda.

Shu o‘rinda Amerikadagi qonun ustuvorligi va sudyalarning mustaqilligiga tan bermasdan iloji yo‘q. Hukumat musulmonlarni kiritmaslik uchun bir yildan beri harakat qilmoqda, ammo qarorlarning ijrosi birin-ketin sud tomonidan to‘xtatib qo‘yildi. Bunda o‘ta faol fuqarolik jamiyati va minglab advokatlarning hissasi ham katta. Hukumatning konstitutsiyaga zid harakatlariga qarshi boshlangan jang nima bilan tugashini kuzatamiz. Hozircha esa O‘zbekistonda ham bir kun kelib kuchli fuqarolik jamiyati, mustaqil sudlov va advokatura, va umuman qonun ustuvorligi ta’minlanishini tilab qolamiz.

No Comments

Leave a Comment

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?