Hujjatsiz immigrantlar qaysi shtatda haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin?

Haydovchilik guvohnomasi ba’zi noimmigratsion viza egalariga berilmaydi. Masalan, ba’zi shtatlarda talabalik vizasi egalariga (F1) haydovchilik guvohnomasini olish mumkin, ammo turist vizasi egalariga (B1) haydovchilik guvohnomasi berilmaydi. Tabiiki, hujjatsiz immigrantlar uchun ham haydovchilik guvohnomasi olish ko’p holatlarda imkonsiz.
Ammo National Immigration Law Center ga ko’ra, 12 shtat va Vashington shahrida (Washington D.C.) hujjatsiz immigrant haydovchilik guvohnomasini olishi mumkin. Mazkur 12 shtatlar quyidagilardir (qo’shimcha ma’lumot uchun quyida sizni qiziqtirgan shtat ustiga bosing va tegishli vebsahifaga o’ting):
1) Delaver;
2) Gavai;
3) Illinois;
4) Kaliforniya;
5) Kolorado;
6) Konnektikut;
7) Merilend;
8) Nevada;
9) Nyu Meksiko;
10) Yuta;
11) Vermont; va
12) Vashington (Washington state).
Ushbu 12 shtat va Vashington shahrida sizdan immigratsion maqomingizni ko’rsatuvchi hujjatni ko’rsatish talab etilmaydi. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat sifatida O’zbekiston pasporti, tug’ilganlik haqida guvohnoma, siz istiqomat qilayotgan shtat tomonidan beriladigan shaxsingizni tasdiqlovchi karta (State Identification Card) va/yoki soliq to’lab yurganingiz haqidagi ma’lumotni (State tax returns) taqdim etishingiz kerak bo’ladi.