Grin karta bekor qilin(a)dimi?

Bu savol hali kam ko’p berilayapti. Amerika Ovozi muhbirlari va huquqshunos do’stim Nodir Zakirov bu savolga avval to’xtalgan edilar. Shundan beri AQSh hukumati bu masala bo’yicha hali aniq to’xtamga kelgani yo’q. Demak, oxirgi murojaat qilish sanasi 2017 yil 22 noyabr bo’lgan (DV-2019) Grin Karta lotoreyasi bekor qilinmadi.
Mazkur dastur 2018 yil noyabr oyida yana o’ynalishi esa hali aniq emas. Ammo Grin karta lotoreya dasturi bekor qilinishi yoki jiddiy o’zgartirishlar kiritilishi aniqqa o’xshaydi. Sababi, Grin Karta lotoreyasi orqali AQShga immigratsiya qilgan O’zbekiston fuqarosi oktyabr oyida Nyu Yorkda terror hujumini amalga oshirishi natijasida sakkiz kishi vafot etdi. Bu esa dasturni bekor qilish borasidagi bahslarni yana jonlantirib yubordi. Huruj ortidan Prezident Tramp Grin Karta lotoreya dasturini bekor qilishga chaqirdi.
Ammo Prezident Tramp mazkur dasturni o’z tashabbusi bilan bekor qila olmaydi. Sababi Grin Karta lotoreya dasturi Kongres tomonidan qabul qilingan qonun (The Immigration Act of 1990) asosida amalda bo’lgani sababli, ushbu qonunni bekor qilish ham Kongres vakolatiga kiradi.
Umuman olganda Grin Karta lotoreya dasturini bekor qilish yoki unga jiddiy o’zgartirishlar kiritish haqida Kongresda konsensus shakillangan ko’rinadi. Grin Karta lotoreya dasturini o’zgartirishsiz qoldirish tarafdori bo’lganlar esa yo’q hisobida bo’lib, asosan kelishmovchilik o’zgartirishlar qay ko’rinishni olishi ustida borayapti.
1990 yildan beri amalda bo’lgan mazkur dasturni bekor qilish yoki o’zgartirishlar kiritish bo’yicha taklif va bahslar avval ham bo’lgan edi. Masalan, eng oxirgi marga bu masala Kongresda 2013 yilda ko’tarilgan, ammo oxir-oqibat dastur o’zgartirishlarsiz qoldirildi. Demak, bu safar ham Grin Karta lotoreya dasturini bekor qilish ancha vaqt va bahs-muzokaralarni talab qilishini kutish mumkin.
Grin Karta lotoreyasi dasturini o’zgartirish borasida quyidagilar taklif qilinmoqda:
- Grin Karta lotoreyasi uchun ajratiladigan 50 ming kishilik kvotani keskin qistartirish, ammo dasturni davom ettirish (Respublikachi senator Lindzi Grem va demokrat senator Richard Durbin takliflari). Eslatma o’rnida, mazkur dasturdan asosiy maqsad AQShda kam uchraydigan millat vakillari uchun immigratsiya qilish yo’lini ochib berishdan iborat.
- Grin Karta lotoreyasini butunlay bekor qilib, mazkur dastur uchun beriladigan 50 ming kishilik joyni boshqa immigratsiya muammolarini hal etish uchun ajratish. Masalan, Grin Karta lotoreya dasturini bekor qilish natijasida paydo bo’lagin joylarni DAKAga berish taklif qilingan. Yoki bo’lmasam, har bir davlatdan yiligi necha kishi immigratsiya qilishi mumkinligi kvota asosida tartibga solingani uchun, ba’zi davlat fuqarolarining AQShga immigratsiya qilishi yillar davom etishi mumkin. Grin Karta lotoreya dasturiga ajratilgan joylarni shu davlatlarga berish orqali, kutish muddatini (backlog) qisqartirish.
- Va nihoyat, Grin Karta lotoreya dasturidan voz kechib, immigratsiya jarayonini Kanadada amalda bo’lgan baho berish tizimiga almashtirish. Bunda kishiga ta’limi, ish tajribasi, ingliz tilini bilishi kabi kriteriyalar asosida bal berip, to’plangan bal natijalariga qarab immigratsiya qilishga ruxsat beriladi.
Immigratsiya sohasida o’zgarishlar qanday tus olishidan qat’iy nazar, bir narsa aniq. Bundan buyon AQShga immigratsiya qilishga ruxsat berishda kishining qobiliyati (merits) va hunarlari (skills) tabora ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi. Ho’sh, AQShga immigratsiya qilmoqchi bo’lgan O’zbekiston fuqarolari nima qilishi mumkin?
- Ingliz tilini o’rganing. Grin Karta lotoreyasiga qarshi aytilgan eng asosiy tanqidlardan biri bu ingliz tilini bilmaydigan kishilar uchun immigratsiya qilish eshigi ochib berilganidir. Bundan keyin AQShga immigratsiya qilish uchun ingliz tilini bilish talab etilishi mumkin;
- Eng kamida bakalavr yo’nalishi bo’yicha o’qib, diplomni qo’lga kiriting. Bu sizning AQShda ish topib, mustaqil kun kechira olishingiz ehtimoli kattaroq ekanligini bildiradi ko’rsatadi;
- Hunar o’rganing, o’z sohangizning mutahassisiga aylaning. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, yuqori malakali hamshiralar, doktorlar va IT (Informatsion texnologiyalar) sohasi mutahassislariga ehtiyoj kelasi yillarda oshib boradi. Sohangizga tegishli yo’nalish bo’yicha trening va seminarlarga qatnang, malakangizni davomli oshirib boring.
Hulosa shuki, ortiqcha havotir olishga hojat yo’q. Tabora globallashib borayotgan dunyoda kishining bir joydan boshqa joyga ko’chib borishi osonlashaveradi. Ammo global bozor va raqobatga tayyor bo’lishni kerakligini ham unutmang. Buning uchun tilni bilish, universitet diplomiga ega bo’lish va biron hunar ustasi yoki soha mutahassisi bo’lish talab etiladi.
*** Maqola chop etilganidan bir kun o’tib yangi xabar tarqaldi. 25 yanvar kuni Washington Post‘da chop etilgan xabar umuman olganda yuqorida muhokama qilingan masalalarni tasdiqlaydi. Quyida xabarning ushbu mavzuga tegishli qismini o’qishingiz mumkin:
Mithun Jumaboev
Fevral 3, 2018 at 4:06 pmSalomalekum! Avvalo shunday sayt ochib immigratsia va boshqa habarlar haqida bizlarni xabarodor qilib turganingiz uchun rahmat! Mening va boshqa ko’pchilik yoshlarning Americada ta’lim olishga ishtiyoqi baland lekin hammaga ma’lumki Americada ta’lim olish uchun hammamizning ham iqtisodiy imkoniyatlarimiz to’g’ri kelavermaydi shuning uchun sizlardan iltimos qilib qolardim Americada Grant dasturlari orqali ta’lim olish yo’llari va xalqaro studentlar uchun scholarship dasturlari haqida yanada ko’proq ma’lumotlar berib borsangiz ko’pchilik yoshlarimiz xursand bo’lardi. Oldindan rahmat!
Niyazmatov
Fevral 7, 2018 at 3:19 amMithun, taklif uchun rahmat. Blogni kuzatib boring, chop etamiz.