574-386-2815

Call Us Now

 

Blog haqida

Langar Law Firm > Uncategorized  > Blog haqida

Blog haqida

Uzbek Immigrant

Blog nima haqida?

Mazkur blog Amerikaga immigratsiya qilish va immigrantlarning huquq va erkinliklari haqida umumiy ma’lumot berib borish uchun ochildi.

Kim uchun?

Blog AQShga immigratsiya qilish va immigrant huquqlari haqida bo’lgani sababli, asosan AQShga immigratsiya qilmoqchi bo’lgan va bugungi kunda AQShda istiqomat qilayotganlar uchun mo’ljallangan.

Blogdan maqsad?

Blogdan maqsad Amerikaga immigratsiya qilayotgan vatandoshlarga immigratsiya jarayonini osonlashtirish va AQSh hayot tarziga tezroq moslashishlariga ko’mak berish.

Fikr qanday tug’ildi?

Muallif AQShga 11 yil oldin immigratsiya qilgan. Bu vaqt mobaynida u immigrant sifatida immigratsiya jarayoni va qiyinchiliklari bilan yaqindan tanishgan, ko’plab boshqa immigrantlar dardiga quloq solgan va immigrantlar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishlarini yaqindan o’rgangan. Immigrantlar boshidan kechiradigan qiyinchiliklar bir-biriga o’xshash bo’lgani sababli, muallif immigrant hayotini osonlashtiradigan ma’lumotlarni bir joyga jamlab, kengroq omma bilan baham ko’rishni niyat qildi.

Blog muallifi kim?

Blog muallifining ismi Mirakmal Niyazmatov. Toshkentda tug’ilib katta bo’lgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha o’qigan.  Keyinchalik AQShda Notre Dame Law School‘da LL.M (magistratura) va J.S.D (doktorantura) yo’nalishi bo’yicha o’qishni davom ettirib, Nyu York shtati advokatlik litsenziyasini olgan.

 

* Ushbu blogdagi ma’lumotlar rasmiy huquqiy maslahat emas. Immigratsiya huquqiga bo’yicha savolingiz bo’lsa advokat yo’llashni tavsiya qilamiz.

2 Comments

  • Olim
    Javob berish Yanvar 14, 2018 at 3:34 am

    Ajoyib sahifa. AQSHga Hijrat qilganlar uchun juda foydali fikrlar bor ekan.
    Rahmat

Post a Reply to Olim Cancel Reply

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?