574-386-2815

Call Us Now

 

AQShda 401(K) pensiya jamg‘armasi nima?

Langar Law Firm > Uncategorized  > AQShda 401(K) pensiya jamg‘armasi nima?

AQShda 401(K) pensiya jamg‘armasi nima?

Moliyaviy maslahatchi (Financial Adviser) Jamshid Usanov bilan avval AQShda nafaqa tizimi qanday ishlashi haqida suhbat qilgan edik. Bu safar Jamshid AQShda nafaqa jamg‘armasi qanday shakllanishi va hususan eng keng tarqalgan 401(K) haqida to‘liqroq ma’lumot beradi.

Nafaqa jamg‘armasi manbalari

AQShda nafaqa asosan uchta manba orqali ta’minlanadi:

  • davlat tomonidan beriladigan nafaqa to‘lovi;
  • ishxona homiylik qiladigan (hissa qo‘shadigan) nafaqa planlari; va
  • shaxsiy jamg‘armalardan yig‘iladigan nafaqa fondi.

Avval chop etilgan maqolada mazkur manbalardan biri – davlat tomonidan beriladigan nafaqa to‘lovlari yoritilgan edi.  Bugungi maqolada ishxona tomonidan homiylik qilinadigan va hissa qo‘shiladigan nafaqa planlari, ularning turlari, ishlash tartibi, soliqqa tortilishi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Ishxona homiylik qiladigan nafaqa plani nima?

Bu o‘z nomi bilan aytilganidek ishchining nafaqasi maqsadida jamg‘ariladigan va u ishlab turgan korxona tomonidan ochiladigan jamg‘arma hisobidir. AQShda bu turdagi jamg‘armaning asosiy ikki turi mavjud:

Maxsus nafaqa plani ishchining korxona uchun ishlagan yillari va oyligi asosida hisoblanib chiqariladigan va odatda o‘sha korxona tomonidan ta’minlanadigan nafaqa plani bo‘lib, hozirgi kunda AQSh ish beruvchilarining faqatgina 4% bu kabi nafaqa planlariga homiylik qilishadi.  Shuning uchun ham bu maqolada ko‘proq Maxsus hissa qo‘shish plani yoritiladi.

Maxsus hissa qo‘shish plani nima?

Bu plan ishxona tomonidan ochiladigan nafaqa plani bo‘lib, unga ish beruvchi, ishchining o‘zi yoki ikkalasi ham hissa qo‘shishlari mumkin. Maxsus hissa qo‘shish plani ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  • 401(k) va 403(b);
  • Ishxona aktsiyasiga egalik huquqi (Employee stock ownership plans); yoki
  • Ishxona foydasini bo‘lishish (Profit sharing plans).

Bular ichida eng keng tarqalgani 401(k) hisobidir. Bu planda qatnashuvchi har bir ishchi uchun shaxsiy hisob raqami ochiladi.  Bu hisob raqamiga qo‘shiladigan hissa ishchining tanlovi asosida ishxona taklif qiladigan sarmoya instrumentlaridan biriga (aktsiya, o‘zaro fond va boshqalar) qo‘yiladi. Ko‘p ishxonalar ishchi qo‘shgan hissasiga tenglashtirib yoki uning ma’lum qismiga teng o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin (Company match).  Misol uchun Google kompaniyasi, ishchilari tomonidan 401(k) hisobiga qo‘shgan $3000gacha bo‘lgan summani 100 foiz hissa bilan tenglashtiradi (Company match limit).

401(k) planiga qancha hissa qo‘shsa bo‘ladi?

Soliq boshqarmasi 2017 yil uchun ishchilar 401(k)ga qo‘shadigan hissalarini $18000ga chegaralagan. 50 yoshdan oshganlar uchun qo‘shimcha $6000 qo‘shish imkoniyati mavjud.

Bu planda qancha mablag‘ yig‘iladi va uni qachon olish mumkin?

Bu turdagi nafaqa hisobidagi mablag‘ ishchi va ishxona tomonidan qo‘shilgan hissa va u yiqqan/yo‘qotgan foizlaridan iborat bo‘ladi.  Ya’ni, tanlangan investitsiya bozorida o‘sish kuzatilsa hisob raqami o‘sadi va aksincha.  Bu mablag‘larni hisob egasi 59 yarim yoshga etgach va eng kechi bilan 70 yarim yoshdan olishni boshlashi kerak.

Bu hisobdagi mablag’ soliqqa tortiladimi?

401(k) kabi hisobdagi mablag‘ni soliqqa tortilish, tortilmasligi qo‘shiladigan hissaga soliq to‘langanligi yoki to‘lanmaganligiga bog‘liq.  An’anaviy 401(k) hisobiga hissa soliqlardan oldin qo‘shiladi.  Hissa va u yig‘adigan foizlarning solig‘i mablag‘ni hisobdan chiqarib olinishiga qadar kechiktirilgan bo‘ladi.  ROTH 401(k) hisobida esa avval soliqlar to‘lanib, undan qolgan daromaddan hissa qo‘shiladi va mablag‘ hisobdan chiqarilganida undan yig‘ilgan foizlar ham soliqqa tortilmaydi.

Misol uchun ishchining 2017 yil uchun daromadi 50 ming va u an’anaviy 401(k) hisobiga daromadining 10%ni qo‘yishga qaror qildi.  Bu holatda ishchi 2017 yilda 45 ming daromad uchun soliq to‘laydi va qolgan 5 ming va undan kelishi mumkin bo‘lgan foizlarga, bu pullarni hisobdan echib olganida o‘sha davr soliq stavkalari asosida soliq to‘laydi.  Mazkur misolda ROTH 401(k) planida esa ishchi 50 ming daromadga soliq to‘laydi va undan qolgan summadan hissa qo‘shadi.

Sizning ishxonangiz qanday plan taklif qiladi, bilasizmi? Siz undan to‘liq foydalanasizmi?

Agar siz biror kompaniyaga ishlayotgan bo‘lsangiz kadrlar bo‘limidan (Human Resource Department) sizga qanday nafaqa planlari mavjudligi va ularning ishlash tartibi haqida so‘rang. Siz bunday planlardan foydalanmayotganligingiz tufayli ishxonangiz tenglashtirishi mumkin bo‘lgan mablag‘ va uning potentsial o‘sishidan o‘z nafaqangizga nisbatan ziyon etqazayotgan bo‘lishingiz mumkin.

No Comments

Leave a Comment

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?