Amerikaga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz

Har yili minglab vatandoshlarimiz chet elga, hususan AQShga immigratsiya qiladilar. “Immigratsiya” deyilganda chet elga doimiy ravishda ko’chib ketish nazarda tutiladi. G’arb davlatlariga istiqomat qilish va ishlash uchun ko’chib borish ilk qarashda zavqli ko’rinsa ham, ko’p holatlarda bu jarayon o’ziga hos moliyaviy, ruhiy, va ma’naviy qiyinchiliklar bilan kechadi. AQShda qariyb 11 yildan beri yashab, ishlab kelayotgan huquqshunos sifatida, immigratsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni kamaytirish uchun quyidagi besh maslahatni berishim mumkin:
1. Immigratsiya qilishdan maqsad nima?
AQShga kelishdan oldin nima sababdan immigratsiya qilmoqchi ekanligingiz haqida jiddiy fikr-mulohaza yuriting. Masalan, O’zbekistonda amalga oshirish mumkin bo’lmagan orzuingiz bor bo’lsa, uni AQShda ro’yobga chiqarishingiz mumkinmi? AQShda kasbingiz va karyerangiz uchun qanday imkoniyatlar ochilishiga ishonasiz? Umuman olganda, AQShga immigratsiya qilish hayotingizga qanday mazmun qo’shishi mumkin.
2. Ingliz tilini o’rganing
Ona tilimizda muloqot qilish kundalik hayotimizning ajralmas qismi. Ammo AQShda tezroq ish topish uchun ingliz tilini bilishingiz shart. Vatandoshlarimiz boshidan kechiradigan eng asosiy qiyinchiliklar ingliz tilini bilmaslik bilan bog’liq. Universitetga kirish, qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida o’qish, ish topish, davlat organlariga hujjatlarni topshirish, farzandlaringizni maktab va bog’chaga qayt ettirish kabi jarayonlar ingliz tilini bilmaganlar uchun qiyin kechadi. Shunday ekan, AQShga immigratsiya qilishni maqsad qilganingizdan so’ng, ingliz tilini o’rganishga bel bog’lang. Ingliz tilini bir oz bilsangiz, uni yanada mukammallashtiring (masalan, ingliz tilida «Amerikacha» gapirishni o’rganing [American English]).
3. Qaysi kasb-hunar bilan shug’ullanishingiz mumkinligini o’ylang
O’zbekistondagi kasb-hunaringiz yoki mansabingiz, shu bilan birga AQShga immigratsiya qilishdan ko’zlagan maqsadingiz nima bo’lishidan qat’iy nazar, AQShga kelganingizdan keyin ilk oylarda nima ish qilib pul topishingiz haqida bosh qotiring. Vatandagi kasbingiz AQShda hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Aksincha, O’zbekistonda e’tiborga ega bo’lmagan hunaringiz, AQShda tez ish topib, yaxshi daromad topishingizga eshik ochishi mumkin. Yoki bo’lmasa, qaysi yangi kasbni o’rganib, shu soha bo’yicha ishlashga fikran tayyor bo’ling.
4. Tanishlaringiz bilan maslahat qiling
AQShda siz taniydigan kishilar istiqomat qilayotgan bo’lsa, ular bilan aloqaga chiqib, AQShdagi hayot haqida savollar bering, sizni qiziqtirgan masalalar bo’yicha maslahat qiling. Hususan, qaysi shtatda yashash, ilk etapda qayerda va kim bilan yashash mumkinligi, ish topish imkoniyatlari, farzanglaringiz uchun yaxshi maktablar joylashgan mahallalar haqida so’rang, maslahat oling.
5. O’ta og’ir hayot shartlariga ma’nan tayyor bo’ling
Oldingizga aniq maqsad qo’ydingiz, ingliz tilini bilasiz, kasb-hunaringizga ishonasiz, shunday bo’lgan taqdirda ham AQShda siz kutmagan va oldindan hisob qilishingiz mumkin bo’lmagan talaygina jiddiy muammolar chiqadi. Masalan, ish tayyor, kelaver, deb aytgan do’stingizni AQShga yetib kelganingizdan keyin topa olmasligingiz mumkin. Oila va yaqinlaringizdan uzoqda bo’lish oson kechmaydi. Qiyin kunlarda O’zbekistonda bo’lgani kabi oila, qarindosh va do’stlaringiz ko’magi bo’lmaydi, barcha muammolaringiz bilan o’zingiz yuzma-yuz qolasiz. O’zbekistonda katta uyda istiqomat qilgan bo’lsangiz, AQShda ikki xonalik kvartiraga katta miqdorda kira to’laysiz. Umuman olganda, AQShdagi hayot tarzi, ish va mehnat qilish shartlari, va oilaviy hayotni e’tiborga oling va ular siz kutmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ma’nan va ruhan tayyor bo’ling.
Xullas, Amerikaga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz hech bo’lmaganda yuqorida tilgan olingan 5 maslahatga quloq tuting. Albatta, har bir kishining shaxsiy va/yoki oilaviy holatidan kelib chiqib AQShga immigratsiya qilishdan oldin e’tibor berish kerak bo’lgan holatlarning mazmun-mohiyati ham o’zgaradi.
Siz yana qanday maslahatlarni bergan bo’lardingiz? Masalaning amaliy jihatlari bilan bog’liq boshqa savollaringiz bormi? Shunday bo’lsa fikr-mulohazalaringizni quyida qoldirishingiz mumkin.
Madaminjon
Fevral 3, 2018 at 4:42 amSalom
Niyazmatov
Fevral 3, 2018 at 5:28 amVaalaykum assalom Madaminjon.
Mithun Jumaboev
Fevral 3, 2018 at 4:54 pmSalomalekum! COMPUTER SCIENCE yo’nalishi bo’yicha AQSH da o’qish uchun qaysi fanlardan imtihon topshiriladi? Yoki SAT sertificatini o’zi yetarlimi?
Niyazmatov
Fevral 7, 2018 at 3:19 amBu masala bo’yicha maqola tayyorlanyapti, kuzatib boring, chop etamiz. Rahmat!
@Daler_Shomurodov
Yanvar 19, 2019 at 4:37 pmSalom Aleykum Gren Kard ga qachon o’ynash mumkin va qancha vaqt ichida bu bilan masalan o’ynashga qanday maslahat berasiz ☺
Mirakmal Niyazmatov
Fevral 1, 2019 at 4:32 amDaler, DV lottery mayning birinchi haftasida boshlanadi. Blogni kuzatib boring, qo’shimcha ma’lumot beramiz.
@Daler_Shomurodov
Yanvar 19, 2019 at 4:40 pmSalom Aleykum Gren Kard ga qachon o’ynash mumkin va qancha vaqt ichida bu bilan masalan o’ynashga qanday maslahat berasiz
Mirakmal Niyazmatov
Fevral 1, 2019 at 4:32 amDaler, DV lottery mayning birinchi haftasida boshlanadi. Blogni kuzatib boring, qo’shimcha ma’lumot beramiz.