Nyu Yorkda daromad solig’ini to’lash bo’yicha bepul yordam
Hozir Amerikada daromad solig’ini to’lash vaqti. Barcha rezident va norezidentlar joriy yilning 17-apreligacha daromad solig’ini to’lashlari kerak (Income tax filing). Nyu York shahrida Urban Upbound nomli nodavlat tashkiloti faoliyat ko’rsatadi. Mazkur tashkilotda malakali mutaxassislardan daromad solig’ini to’lash va umuman soliqlar bo’yicha bepul yordam olishingiz mumkin. Urban Upbound nima? Tashkilotning maqsadi Nyu York shahridagi kam daromadli va davlat tomonidan yordamga muhtoj kishilarga amaliy yordam berish orqali jamiyatda qashshoqlikni oldini olish. Tashkilot kam ta'minlangan yoshlar va oilalarga bir necha yo’nalishda yordam ko’rsatadi: Bandlik xizmatlari (Employment services), moliyaviy masalalar bo’yicha maslahatlar (Financial counseling), daromadni boshqarish xizmatlar (Income support services) kabi xizmatlar. Daromad solig’ini topshirish bo’yicha xizmatlar...
Continue reading