Daromad solig’i: immigrantlar e’tibor berishi kerak bo’lgan 5 jihat
Hozir Amerikada “tax season”, ya’ni daromad solig’ini to’lash vaqti. Tegishli daromad solig’i deklaratsiyasini to’ldirib, joriy yilning 17 apreligacha topshirish kerak. Amerikada, immigratsion maqomi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, daromad ko’rgan har kim daromad solig’ini to’lashi kerak. Quyida immigrantlar daromad solig’i deklaratsiyasini to’ldirishda e’tibor berishi kerak bo’lgan 5 jihat haqida gap ketadi. 1. Immigratsion maqomingiz qanday bo’lishidan qat’iy nazar daromad solig’i deklaratsiyasini topshiring Amerikada soliqlar kishining immigratsion maqomiga qarab to’lanmaydi. Amerika fuqarosi, grin karta egasi yoki hujjatsiz immigrant bo’lishingizdan qat’iy nazar, ishlab daromad topayotgan har kim daromad solig’i to’lashi kerak. Daromad solig’ini to’lash borasida tushunmovchilik asosan hujjatsiz immigrantlar orasida ko’p uchraydi. Daromad solig’i deklaratsiyasini to’ldirishda...
Continue reading