574-386-2815

Call Us Now

 

Magistratura Tag

Langar Law Firm > Posts tagged "Magistratura"

AQShda magistratura: Ikromjon To’xtasinov bilan suhbat

AQShda tahsil olish mavzusini yoritishni davom ettiramiz. Navbatdagi suhbatdoshimiz Ikromjon To’xtasinov. Ikromjon 1993 yil Namangan shahrida tug’ilgan. 2017 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini bitirgan. Universitet qoshida faoliyat yuritgan Global Perspective Analytical Forum talabalar tashkilotining Direktori bo'lgan. Shu bilan birga universitetda Model United Nations anjumanlarini tashkillashtirishda ishtirok etgan. AQShga kelishdan oldin turli davlat va no-davlat tashkilotlarida amaliyot o’tagan, jumladan O’zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligining Protokol bo’limida ishlagan. Ta’lim va iqtisodiy rivojlanish o’rtasidagi bog’liqlik masalalariga qiziqadi. Bu masalani chuqurroq o’rganish uchun hozirda Chilida joylashgan Ensena Chile ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda. O’zbek, rus va ingliz tilida bemalol muloqot qiladi, bir...

Continue reading

AQShda magistraturaga hujjat topshirish jarayoni

* Amerikada Magistratura boshqichida ta'lim olish haqida juda ko'p savollar kelayapti. Mazkur savollarga qisman javob berish uchun Sardorbek Musayev bilan bog'landik. Sardorbek Musayev hozirda Konnektikut universitetida (University of Connecticut) PhD Program in Environmental Engineering yo’nalishi bo’yicha tahsil olayapti. Ham o'qish, ham ilmiy tadqiqot olib borish bilan band ekanligiga qaramasdan Uzbek Immigrant uchun o'ta ahamiyatli material tayyorlab bergani uchun katta rahmat! AQSh universitetlari haqida gap ketganda ko’zimizning oldiga birinchi bo’lib nufuzli Harvard, Stanford, MIT yoki Yale universitetlari keladi. Aksariyat hollarda bu universitetlarga juda zukko kishilar o’qishga kirayotganiga guvoh bo’lamiz. Savol tug’iladi, oddiy talaba ham AQSh universitetlariga o’qishga kira olishi mumkinmi? Firkimizcha, ha....

Continue reading

Men Garvardda qanday o‘qidim yoxud muvaffaqiyat qozonish sirlari haqida

* Mazkur maqola ilk marotaba 6 iyul 2014 yilda Tashabbus veb-sahifasida (http://tashabbus.com/) chop etilgan. AQSh universitetlarining biriga huquqshunoslar uchun magistrlik dasturiga (LL.M.) o‘qishga kirish ishtiyoqim Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining “Xalqaro huquq” yo‘nalishi buyicha tahsil olayotgan paytimdan paydo bo‘ldi. Meni AQSh huquqiy ta’limining tartib va usullari hamda AQSh yuridik maktablarining obro‘yi o‘ziga jalb qilardi. Lekin vujudga kelgan holatlarni hisobga olgan holda (advokaturaga ishga kirish, turmush qurish va farzandli bo‘lish), men o‘qishga kirish uchun kerakli hujjatlarni bakalavr darajisini qo‘lga kiritganimdan so‘ng 6 yil o‘tgach topshira oldim. Ushbu qarorni qabul qilishda mening intilishlarimni qo‘llab-quvvatlagan yaqinlarim hamda o‘zlarining namunasi bilan meni ilhomlantirgan va bebaho...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?