Qalliq vizasi nima?
K-1 vizasi nima? Qalliq vizasi (yoki K-1 vizasi) AQSh fuqarolari bilan AQShda qonuniy nikohdan o‘tib, AQShni tark etmasdan, doimiy qonuniy rezident maqomini olish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan. K-2 vizalari K-1 vizalarini olgan shaxslarning farzandlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu farzandlar ham viza suhbatiga kelishlari shart. K-1 vizasiga hujjatlarni topshirish jarayoni nimadan iborat? AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz o‘z yashash joyi bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining Xizmat Markaziga pochta orqali I-129 (Chet el fuqarosi bo‘lgan qalliq uchun petitsiya) Formasini topshirishi kerak. Qallig‘ingiz AQShdan tashqarida yashayotgan bo‘lsa, u petitsiyani o‘zining AQShda eng so‘nggi yashagan joyida vakolatga ega AQSh Fuqarolik va Immigratsiya...
Continue reading