Ingliz tilini tez o’rganish uchun 5 maslahat
Menga eng ko’p beriladigan savollardan biri til o’rganish bilan bog’liq: “Ingliz tilini qanday tezroq o’rgansam bo’ladi?” Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o’rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman. 1. Maqsadni aniq belgilab oling Aniq maqsadsiz biron ishda, hususan til o’rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o’zi nimaga o’rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o’qishdan keyin hususiy til o’rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha “Why do you want to study English?” savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko’pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan “Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar,” deydiganlar...
Continue reading