574-386-2815

Call Us Now

 

Huquqlaringiz Tag

Langar Law Firm > Posts tagged "Huquqlaringiz"

Kaliforniyada keng qo’llaniladigan “qizil karta” (“red card”) nima?

Avval chop etilgan maqolamizda vatandoshlarimiz orasida AQShda hujjatsiz immigrant sifatida yashayotganlar politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimlariga duch kelgan paytlarida deportatsiyadan omon qolish uchun qanday huquqlarni bilishlari lozimligi haqida yozgan edik. Mazkur maqolada esa e’tiborimizni masalaning amaliy jihatiga qaratamiz. Kaliforniyada faoliyat ko’rsatayotgan immigrantlar huquqlarini himoya qilish nodavlat tashkilotlari, masalan Immigrant Legal Resource Center, hujjatsiz muhojirlarga “qizil karta”dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu kartaga sizning AQSh Konstitutsiyasiga ko’ra huquqlaringiz yozilgan bo’lib, immigratsiya xizmati xodimi yoki politsiya bilan yuzlashganda, uni ko’rsatishingiz mumkin. Shunday kartaga ega bo’lish, ayniqsa, ingliz tilini bilmaydigan hujjatsiz muhojirlarga juda qo’l kelishi mumkin. “Qizil karta”ning kattaligi taklifnomachalik, hamyoningizga bemalol sig’adi. Qizil kartaning bir...

Continue reading

Immigratsiya xizmati ko’chada to’xtatganda

Hujjatsiz immigrant muhojir

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.  Avval chop etilgan maqolamizda politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimi hujjatsiz immigrant uyiga kelgandan qanday huquqlari borligini muhokama qilgan edik (Immigratsiya xizmati uyingizga kelganda). Mazkur maqola politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimi hujjatsiz immigrantni ko’chada to’xtatganda yoki ish joyi reyd o’tkazganda qanday huquqlari borligi haqida. Immigratsiya xizmati xodimi sizni ko’chada so’roq qilish uchun to’xtatganda, osoyishtalikni saqlang va muloyim bo’ling. Immigratsiya xizmati xodimi yoki huquq-tartibot xizmati xodimi bilan tortishmang va qarshilik ko’rsatmang. Qo’llaringiz hamisha politsiyaga ko’rinadigan holda tursin. Ingliz tilini bilsangiz, siz hibsga...

Continue reading

Hujjatsiz immigrantlar: Immigratsiya xizmati uyingizga kelganda

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.    Aholisi 310 millionga yaqin AQSh immigrantlar mamlakatidir. Taxminlarga ko’ra, AQSh hududida bugun 12-15 million hujjatsiz immigrant (undocumented immigrants) yashaydi. Hujjatsiz immigrant bu AQShda qonuniy ravishda istiqomat qilishga hujjati bo’lmagan shaxsdir. Hujjatsiz muhojirlar immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan tutilgan taqdirda, o’z vatanlariga deportatsiya (badarg’a) qilinadilar. Masalan, rasmiy raqamlarga ko’ra, 2016 yilda 240 mingdan, 2017 yilda esa 226 mingdan ortiq hujjatsiz immigrant o’z vataniga deportatsiya qilingan. Immigratsiya xizmatining AQShda hujjatsiz yashab-ishlab yurgan muhojirlarni topish maqsadida amalga oshiradigan faoliyatlardan biri bu reydlardir....

Continue reading

Politsiya mashinangizni to’xtatsa

* Quyidagi ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.    AQShda mashina haydovchi vatandoshlarimiz orasida yo’l politsiyasi to’xtatganda, bir oz bo’lsa ham hadiksiramaydigani topilmasa kerak. Bunday vaziyatda yo’l qo’yiladigan xatolar, odatda, ikki holatdan birida ro’y beradi. Birinchisi, haydovchining politsiyaga nisbatan hurmatsizlik bilan muomalada bo’lishi oqibatida. Bu ko’pincha haydovchi o’zini aybsiz deb hisoblaganda ro’y beradi. Ikkinchisi, haydovchining politsiya iltimoslariga e’tirozsiz itoat etishi natijasida. Politsiyaga hech qachon hurmatsiz munosabatda bo’lmaslik kerak. Ammo kezi kelganda, politsiya talablariga e’tiroz bildirish mumkin. Quyida yo’l politsiyasi mashinangizni to’xtatganda o’zingizni qanday tutishingiz kerakligi haqida ma’lumotlar beramiz. Mazkur maslahatlarning hammasi...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?