574-386-2815

Call Us Now

 

Grin karta Tag

Langar Law Firm > Posts tagged "Grin karta"

Grin kard dasturi: Ariza topshirish bo’yicha 10 maslahat

AQShda doimiy yashash huquqini qo’lga kiritishning eng oson yo’llaridan biri bu “Turli millatlarga mansub immigrantlar vizasi – DV” dasturi (bundan buyon Grin kard dasturi). Mazkur dastur orqali AQShga har yili keladigan 50 ming kishidan taxminan 2500-5000 immigrant o’zbekistonlik. Ayni paytda Grin kard dasturida ishtirok etish davri boshlandi va 7-noyabrgacha davom etadi. Mazkur dasturda qatnashish uchun ikki asosiy talabga javob berishingiz kerak. Birinchisi, o’rta maktab darajasidagi yoki unga tenglashtirilgan ta’lim muassasasini bitirgan bo’lish (jami 12 yillik boshlang’ich va o’rta ta’lim). Agar bu talabga javob bermasangiz, unda so’nggi besh yil ichida eng kamida ikki yillik tayyorlov yoki tajriba talab qiluvchi faoliyatda ikki yillik...

Continue reading

Grin karta (doimiy rezident) maqomini yo’qotish

Grin karta Amerikada doimiy yashash (Permanent Resident) huquqini beruvchi hujjat. Grin kartani qo’lga kiritish mashaqqatli va yillar davom etadigan jarayon bo’lishiga qaramasdan, uni arzimagan xato sababli bir zumda yo’qotish mumkin. Shunday holatlardan biri grin karta maqomini tark etish tufayli ro’y beradi. Amerika immigratsiya huquqida bunga “abandonment” deyiladi. Xo’sh, qaysi holatlarda kishi grin karta maqomini tark etgan hisoblanadi? Chet elda uzun muddat qolish Amerikada grin karta kishiga juda ko’p imtiyozlar beradi. Shular ichiga chet elga sayohat qilgan kishi Amerikaga vizasiz kirib kelish huquqi kiradi. Grin karta egalari sayohatdan keyin Amerikaga kirib kelishda grin karta va pasportlarini ko’rsatib o’tadilar. Ammo chet elda uzun vaqt...

Continue reading

Muddati tugayotgan grin kartani yangilash tartibi

Grin kartaga (Green Card) ega bo'lish kishiga Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Grin kartaning rasmiy nomi “Doimiy rezident kartasi” (Permanent Resident Card), u 10 yilga beriladi. Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini saqlab qolish uchun grin karta muddati tugashidan oldin uzaytirilishi kerak. Grin kartani yangilash uchun qachon ariza topshirsa bo'ladi? Grin karta muddati tugashiga 6 oy qolganda yangi grin karta olish uchun ariza topshirish mumkin. Masalan, grin kartangiz muddati 2018 yil 15 sentyab oyida tugasa, yangi grin karta olish uchun arizani taxminan 2018 yil 16-18 martdan boshlab topshirishingiz mumkin. Grin kartani yangilash uchun qaysi hujjatlarni to'ldirish kerak? Grin kartani yangilash uchun I-90...

Continue reading

Grin karta tasdiqlov raqamini yo‘qotib qo‘ysam nima qilishim kerak?

Grin karta lotereyasiga ariza topshirganingizdan keyin sizga darhol elektron tasdiqlov raqami yuboriladi. Siz saralanganligingizni bilish uchun Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasidan foydalanishingiz kerak. DV-2018ga topshirgan arizangiz maqomini 2017 yil 2-maydan to 2018 yil 30-sentyabrgacha E-DV www.dvlottery.state.gov veb sahifasidagi Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasi (Entrant Status Check) orqali tekshirishingiz mumkin. Tegishli ma’lumotni kiritganingizdan keyin arizangiz saralanganligi yoki saralanmaganligi haqida ma’lumot chiqadi. Tabiiyki, arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasiga (Entrant Status Check) kira olishingiz uchun tasdiqlov raqamingiz (Confirmation number) bo‘lishi shart. Bordiyu tasdiqlov raqamingizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, AQSh elchixona va konsulliklari hamda Kentukki Konsullik Markazi (Kentucky Consular Center) sizning maqomingizni tekshirish yoki tasdiqlov raqamingizni sizga bevosita taqdim etish...

Continue reading

Immigratsion formalar: 5 xatoga yo‘l qo‘ymang

Immigratsion formalarni advokat yollamasdan o‘zi yoki “viza maslahatchilar” yordamida to‘ldiradiganlar ko‘p. Oxirgi paytlar shu sababdan jiddiy muammolarga yo‘liqayotgan vatandoshlardan juda ko‘p savollar kelayapti. Immigratsion formalarni to‘ldirishda qo‘yilgan xato yoki e’tiborsizlik sababli vatandoshlarning vizalari rad etilyapti yoki topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uzun muddatga kechiktirilyapti. Immigratsiyaga bog‘liq bo‘lgan masala nima bo‘lishidan qat’iy nazar malakali advokat bilan maslahat qilish kerakligi haqida alohida maqola yozaman. Mazkur maqolada esa asosiy e’tiborni immigratsion formalarni to‘ldirishda qo‘yilayotgan asosiy 5 xatoga qaratmoqchiman. 1. Ism-sharifni noto‘g‘ri yozish Immigratsion formalarni to‘ldirishda ism-sharifni to‘g‘ri yozishga alohida e’tibor berish kerak. Ism-sharifni noto‘g‘ri yozganingiz uchun immigratsiya xodimi sizni firibgarlikda (fraud) yoki yolg‘on ma’lumot berishda (misrepresentation)...

Continue reading

Grin karta bekor qilin(a)dimi?

Bu savol hali kam ko’p berilayapti. Amerika Ovozi muhbirlari va huquqshunos do’stim Nodir Zakirov bu savolga avval to’xtalgan edilar. Shundan beri AQSh hukumati bu masala bo’yicha hali aniq to’xtamga kelgani yo’q. Demak, oxirgi murojaat qilish sanasi 2017 yil 22 noyabr bo’lgan (DV-2019) Grin Karta lotoreyasi bekor qilinmadi. Mazkur dastur 2018 yil noyabr oyida yana o’ynalishi esa hali aniq emas. Ammo Grin karta lotoreya dasturi bekor qilinishi yoki jiddiy o’zgartirishlar kiritilishi aniqqa o’xshaydi. Sababi, Grin Karta lotoreyasi orqali AQShga immigratsiya qilgan O’zbekiston fuqarosi oktyabr oyida Nyu Yorkda terror hujumini amalga oshirishi natijasida sakkiz kishi vafot etdi. Bu esa dasturni bekor qilish borasidagi...

Continue reading

Grin karta g’oliblari uchun foydali ma’lumotlar

AQShga immigratsiya qilishning keng qo’llaniladigan yo’llaridan biri bu Grin Karta lotoreya dasturidir. Mazkur dasturning rasman “Turli millatlarga mansub immigrantlar visa dasturi” (“Diversity Immigrant Visa Program” yoki “Diversity Visa”) deb ataladi. DV-2018 Lotoreya Dasturi arizachilari lotoreya natijalarini elektron DV vebsaytida 2018-yil 30-sentyabrgacha tekshirishlari mumkin. Eslatib o’tamiz, DV-2018 Lotoreya Dasturiga ariza topshirish 2016-yil 4-oktyabrdan 2016-yil 7-noyabrgacha davom etgan edi. Lotoreya natijalarinini tekshirishda arizachiga DV lotoreyaga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xati (Submission Confirmation) kerak bo’ladi. Arizachi Maqomini Tekshirish (Entrant Status Check) lotoreyada yutgan yoki yutmaganligingizni bilish uchun: dvlottery.state.gov vebsaytiga tashrif buyuring; va Tasdiq xatida sizga berilgan tasdiq nomerini vebsaytga kiriting. Agar lotoreya g’oliblaridan biri bo’lsangiz, vebsayt sizga ushbu...

Continue reading

Oila a’zolari orqali Grin karta

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Immigratsiya masalalari bo'yicha savolingiz bo'lsa advokat bilan maslahat qilishni tavsiya qilamiz.  Grin karta olib, qonunan AQShda doimiy ro’yxatda turuvchi (lawful permanent resident) maqomini olishning bir necha yo’llari bor. Shulardan eng keng tarqalgan yo’li bu oila a’zosi orqali grin karta olishdir. Jamiyatda oilaning roli muhimligini hisobga olgan holda, AQSh Kongresi AQSh fuqarolari va unda doimiy yashovchilarning o’zga davlatlardagi oila a’zolari bilan birlashishi uchun sharoit yaratgan. Oila a’zolarining AQShga doimiy yashash uchun immigratsiya qilishlari yoki grin karta olishlarining ikki asosiy turi mavjud: A) AQSh fuqarosining yaqin oila a’zosi (Immediate relatives of U.S. citizens) va B) Oilaviy...

Continue reading

Immigratsiyaga bog’liq asosiy tushunchalar

Viza (Visa): AQSh elchixonasi yoki konsulligi tomonidan AQSh xududiga kirishga ruxsat beruvchi hujjat/stiker. Chet el fuqarosi (Alien): AQSh fuqarosi bo’lmagan kishi. Rezident (Resident): AQShda qonuniy ravishda qisqa, doimiy yoki shartli ravishda yashashi mumkin bo’lgan kishi. Grin karta (Green card): Grin kartaning rasmiy nomi Alien Registration Receipt Card bo’lib, xorijiy fuqaroni ro’yxatdan o’tganlik kartochkasi degan ma’noni bildiradi. Grin karta kishiga AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Doimiy resident (Permanent resident): AQShda doimiy yashash maqomiga ega bo’lgan kishi. Kundalik hayotda “grin karta egasi” (Green card holder) deb ham ataladi. Immigrant (Immigrant): AQSh immigratsion qoidalariga ko’ra, immigrant tushuchasi ichiga faqat doimiy resident yoki grin karta egasi kiradi. AQShda doimiy...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?