AQShdagi O’zbekiston elchixonasining bayonoti
AQShdagi O’zbekiston elchixonasi faoliyatini yoritishda davom etamiz. Bugun elchixonaning Facebook sahifasida elchixona faoliyati to’g’risidagi manfiy maqolalarga munosabat bildirildi. Elchixona tomonidan bunday bayonot berilishi avval misli ko’rilmagan holat bo’lib, elchixona o’z faoliyatini haqiqatdan ham qisqa muddat ichida yaxshilashga jiddiy kirishganini ko’rsatadi. Ho’sh, elchixona chop etgan bayonotda nima deyiladi? Fuqarolarning elchixonaga murojaatlari amaldagi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Konsullik masalalari bilan murojaat qiluvchilarni qabul qilish kunlari va soatlari uzaytirildi. Endi konsulxona dushanbadan jumagacha, 9dan-13gacha ishlaydi. Avval konsulxona qabul qilish kunlari dushanbadan payshanbagacha, 10-12gacha edi. Konsullik faoliyati va to’lovlar haqida savoli bo’lgan kishi birinchi bo’lib vebsahifaga murojaat qilishini,...
Continue reading