Grin karta (doimiy rezident) maqomini yo’qotish
Grin karta Amerikada doimiy yashash (Permanent Resident) huquqini beruvchi hujjat. Grin kartani qo’lga kiritish mashaqqatli va yillar davom etadigan jarayon bo’lishiga qaramasdan, uni arzimagan xato sababli bir zumda yo’qotish mumkin. Shunday holatlardan biri grin karta maqomini tark etish tufayli ro’y beradi. Amerika immigratsiya huquqida bunga “abandonment” deyiladi. Xo’sh, qaysi holatlarda kishi grin karta maqomini tark etgan hisoblanadi? Chet elda uzun muddat qolish Amerikada grin karta kishiga juda ko’p imtiyozlar beradi. Shular ichiga chet elga sayohat qilgan kishi Amerikaga vizasiz kirib kelish huquqi kiradi. Grin karta egalari sayohatdan keyin Amerikaga kirib kelishda grin karta va pasportlarini ko’rsatib o’tadilar. Ammo chet elda uzun vaqt...
Continue reading