574-386-2815

Call Us Now

 

AQSHda ta’lim Tag

Langar Law Firm > Posts tagged "AQSHda ta’lim"

Kontrakt puli tekin bo’lgan Berea kollejiga qabul qilingan o’zbek talabasi bilan suhbat

Manba:Ushbu maqola ilk marotaba http://grantlar.uz/ vebsahifasida chop etilgan. Quyida uning qisqartirilgan ko’rinishi. To’liq matnini o’qish uchun bu yerga bosing. ****************************************** AQShning Kentukkiy shtatida joylashgan Berea kolleji dunyoda eng kam uchraydigan kollejlardan biri, ya’ni ta’lim puli (Tuition fee) butunlay tekin bo’lgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ushbu kollejda dunyoning turli burchagidan kelgan talaba yoshlar tahsil oladi. Biz ushbu hujjat topshirish, unga qabul qilinish, kollejda olib boriladigan o’quv jarayoni haqida ushbu kollejga qabul qilingan yosh va iqtidorli o’zbek talabasi Dostonbek Toirov bilan suhbat tashkillashtirdik va uni siz bilan bo’lishmoqdamiz. O’zingiz haqingizda qisqacha so’zlab bersangiz Men, Dostonbek Toirov, 1998-yil Andijon viloyatining Imom ota qishlog’ida oddiy oilada dunyoga kelganman....

Continue reading

AQShda magistraturaga hujjat topshirish jarayoni

* Amerikada Magistratura boshqichida ta'lim olish haqida juda ko'p savollar kelayapti. Mazkur savollarga qisman javob berish uchun Sardorbek Musayev bilan bog'landik. Sardorbek Musayev hozirda Konnektikut universitetida (University of Connecticut) PhD Program in Environmental Engineering yo’nalishi bo’yicha tahsil olayapti. Ham o'qish, ham ilmiy tadqiqot olib borish bilan band ekanligiga qaramasdan Uzbek Immigrant uchun o'ta ahamiyatli material tayyorlab bergani uchun katta rahmat! AQSh universitetlari haqida gap ketganda ko’zimizning oldiga birinchi bo’lib nufuzli Harvard, Stanford, MIT yoki Yale universitetlari keladi. Aksariyat hollarda bu universitetlarga juda zukko kishilar o’qishga kirayotganiga guvoh bo’lamiz. Savol tug’iladi, oddiy talaba ham AQSh universitetlariga o’qishga kira olishi mumkinmi? Firkimizcha, ha....

Continue reading

Amerikada qimmatga tushadigan 4 xato

Amerikaga kelgandan keyin hech kimga oson bo’lmaydi. Uy-joy topish, farzandlarni maktabga joylashtirish, ish topish, sug’urta sotib olish kabi masalalar haqida har bir immigrant Amerikaga uchib kelgan ondanoq o’ylashi va qisqa muddat ichida yechim topishi kerak bo’lgan masalalardir. Amerikaga yetib kelgandan keyin turli ko’rinishdagi xatolarga yo’l qo’yilishi tabii hol. Ammo quyida muhokama qilinadigan 5 xato kishining vaqti, kuchi va puli bekor ketishiga sabab bo’ladigan jiddiy xatolardir. 1. Amerika ish madaniyatini o’zlashtirmaslik Amerikada qabul qilingan ish madaniyatini o’rganmaslik immigrantlarning ish bozorida raqobatli bo’lolmasliklarining eng asosiy sababi. Rezume yozishdan tortib, ish suhbatiga tayyorlanishning o’ziga hos odobi va tartibi bor. Masalan, Amerikada qabul qilingan me’yorlarga ko’ra rezyumega...

Continue reading

Men Garvardda qanday o‘qidim yoxud muvaffaqiyat qozonish sirlari haqida

* Mazkur maqola ilk marotaba 6 iyul 2014 yilda Tashabbus veb-sahifasida (http://tashabbus.com/) chop etilgan. AQSh universitetlarining biriga huquqshunoslar uchun magistrlik dasturiga (LL.M.) o‘qishga kirish ishtiyoqim Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining “Xalqaro huquq” yo‘nalishi buyicha tahsil olayotgan paytimdan paydo bo‘ldi. Meni AQSh huquqiy ta’limining tartib va usullari hamda AQSh yuridik maktablarining obro‘yi o‘ziga jalb qilardi. Lekin vujudga kelgan holatlarni hisobga olgan holda (advokaturaga ishga kirish, turmush qurish va farzandli bo‘lish), men o‘qishga kirish uchun kerakli hujjatlarni bakalavr darajisini qo‘lga kiritganimdan so‘ng 6 yil o‘tgach topshira oldim. Ushbu qarorni qabul qilishda mening intilishlarimni qo‘llab-quvvatlagan yaqinlarim hamda o‘zlarining namunasi bilan meni ilhomlantirgan va bebaho...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?