AQShda 401(K) pensiya jamg‘armasi nima?
Moliyaviy maslahatchi (Financial Adviser) Jamshid Usanov bilan avval AQShda nafaqa tizimi qanday ishlashi haqida suhbat qilgan edik. Bu safar Jamshid AQShda nafaqa jamg‘armasi qanday shakllanishi va hususan eng keng tarqalgan 401(K) haqida to‘liqroq ma’lumot beradi. Nafaqa jamg‘armasi manbalari AQShda nafaqa asosan uchta manba orqali ta’minlanadi: davlat tomonidan beriladigan nafaqa to‘lovi; ishxona homiylik qiladigan (hissa qo‘shadigan) nafaqa planlari; va shaxsiy jamg‘armalardan yig‘iladigan nafaqa fondi. Avval chop etilgan maqolada mazkur manbalardan biri - davlat tomonidan beriladigan nafaqa to‘lovlari yoritilgan edi. Bugungi maqolada ishxona tomonidan homiylik qilinadigan va hissa qo‘shiladigan nafaqa planlari, ularning turlari, ishlash tartibi, soliqqa tortilishi haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Ishxona homiylik qiladigan nafaqa plani...
Continue reading