574-386-2815

Call Us Now

 

Turist vizasini (B1/B2) uzaytirish mumkinmi?

Langar Law Firm > Immigratsiya jarayoni  > Turist vizasini (B1/B2) uzaytirish mumkinmi?

Turist vizasini (B1/B2) uzaytirish mumkinmi?

Amerikaga Immigratsiya

Turist vizasi nima?

Amerikaga sayohat qilayotgan vatandoshlarimiz asosan B1/B2 noimmigratsion vizalari bilan keladilar.  Biznes maqsadi bilan safar qilayotganlar B1 vizasi (masalan, ish bilan bog’liq uchrashuvlar va muzokaralarda qatnashishni istaganlar uchun), umumiy turizm maqsadi bilan safar qilayotganlarga esa B2 vizasi (masalan, Amerikada oila a’zosini ko’rish uchun kelishni istaganlar uchun) beriladi.

B1/B2 vizasi bilan Amerikada qancha muddat qolishim mumkin?

Aeroportda qo’yiladigan muhr va viza muddati

AQSh elchixonasida berilgan B1/B2 viza asosan 1 yil amal qilish muddati bilan berilsa ham, Amerikada necha kun qolishingiz aeroportda belgilanadi. Immigratsiya xizmati tekshiruvidan o’tganingizdan keyin pasportingizga “passport admission stamp” (avval I-94 nomli qog’oz parchasi berilardi), deb nomlanadigan muhr uriladi. Unda Amerikani qaysi sanada tark etishingiz yozilgan bo’ladi. Ko’pincha muhr 6 oyga uriladi. Ba’zi holatlarda esa bir yoki ikki oygagina ruxsat berilgan holatlar ham uchrayapti.

Viza muddatini qanday uzaytirishim mumkin?

Immigratsiya hodimi ruxsat bergan muddat kamlik qilgan holatlarda turist vizasini uzaytirish mumkin. Buning uchun I-539 formasini (Form I-539) to’ldirib, tegishli immigratsiya xizmati manziliga yuborishingiz kerak.

I-539 formasini to’ldirishda quyidagilarga e’tibor berishingizni tavsiya qilaman:

  • Mazkur formani ruxsat berilgan muddat (ya’ni pasportga qo’yilgan muhrda ko’rsatilgan muddat) tugashidan avval topshirishingiz kerak. USCIS esa I-539 formasini eng kamida 45 kun avval topshirishni tavsiya qiladi;
  • Qo’shimcha muddat davomida kundalik harajatlaringizni qanday qoplashingiz haqida batafsil ma’lumot berishingiz kerak (masalan, turar-joy va kundalik harajatlar uchun qo’shimcha mablag’ingiz bormi, qanday miqdorda va hkz.);
  • Alohida ariza bilan turist vizasini nima sababdan uzaytirmqochi ekanligingizni batafsil tushuntirishingiz kerak;
  • Qo’shimcha muddat tugaganidan keyin Amerikani tark etishingizni ko’rsatuvchi dalillarni ilova qiling (masalan, aviachipta kopiyalari);
  • Amerikada qo’shimcha muddat qolish O’zbekistondagi mehnat faoliyatingizga salbiy ta’sir qilmasligini tushuntiring.

I-539 formasini viza muddati tugaganidan keyin topshirish mumkinmi?

Ha, I-539 formasini ba’zan viza muddati tugaganidan keyin ham topshirish mumkin. Bunda I-539 formasi nima sababdan kech topshirilayotgani batafsil bayon etilishi kerak. Jumladan, quyidagi holatlarga alohida e’tibor berishni tavsiya qilaman:

  • Formani topshirishda kechikish kutilmagan/vafqulodda holat yuzasidan ro’y bergan bo’lsa (extraordinary circumstances), bu holatni batafsil tushuntiring;
  • Turist vizasini uzaytirishga ariza topshirish haddan tashqari kech topshirilmasligi kerak (reasonable delay);
  • Bu muddat ichida noimmigrant viza shartlarini buzmaganingizni bayon qiling (masalan, ishlashni boshlamagansiz);
  • Sizga qarshi deportatsiya qilish jarayoni boshlanmagan.

I-539 formasini topshirish uchun necha pul davlat boji to’lanishi kerak?

I-539 formasini topshirish uchun $370 davlat boji (filing fee) belgilangan. Bundan tashqari barmoq izlarini olish uchun qo’shimcha $85 to’lanishi kerak.

Turist vizasini uzaytirish keyingi viza murojaatimga salbiy ta’sir qiladimi?

Umuman olganda, ruxsat berilgan sana kuni yoki undan oldin Amerikadan chiqib ketmaslik albatta keyingi viza murojaatiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo I-539 formasi o’z vaqtida topshirgan bo’lsangiz, kelajakda yangi noimmigrant vizasi uchun murojaat qilganingizda muammo tug’ilmasligi kerak. Shu sababli, yangi viza uchun murojaat qilganingizda yuqoridagi holatni konsulga tushuntirishingiz kerak bo’ladi. Bunda siz Amerikaga aniq noimmigrant maqsad bilan borganingiz, uni ruxsat berilgan muddat ichida bitira olmaganingiz, o’z vaqtida I-539 formasini topshirganingiz, va javobi chiqishini kutganingiz, I-539 formasida va’da qilingan kunda Amerikani tark etganingiz, kabi holatlarni aytib o’tishingiz mumkin.

No Comments

Leave a Comment

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?