574-386-2815

Call Us Now

 

Amerikaga kelgandan keyin asosiy ishlar

Langar Law Firm > Immigratsiya jarayoni  > Amerikaga kelgandan keyin asosiy ishlar

Amerikaga kelgandan keyin asosiy ishlar

Aytaylik Grin karta dasturi yoki AQSh fuqarosi bo’lgan oila a’zosi orqali AQShga ko’chib keldingiz. Vaqtinchalik turar-joyingiz ham bor. Ho’sh, birlamchi qilinishi kerak bo’lgan ishlar nimadan iborat? Mazkur maqola shu masalaga oydinlik kiritadi.

1. Ijtimoiy xavfsizlik raqamini (Social Security Number) oling

AQShda qonuniy ishlamoqchi bo’lgan kishi birinchi navbatda Ijtimoiy xavfsizlik raqamini (IXR) yoki Social Security Number (SNN) olishi kerak. Xalq tilida qisqa qilib “Social” deb ataladi. AQShga yetib kelganingizdan keyin 10 kun o’tib IXRni olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. IXRni olish uchun hujjatlarni Ijtimoiy xavfsizlik bo’limiga (Social Security Agency) topshirishingiz kerak. Talab etiladigan hujjatlar ro’yhati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Bu hujjatlar orasida eng asosiysi sizga ishlashga ruxsat beruvchi vizadir. Agar sizga berilgan viza AQShda ishlashga ruxsat bermasa, yani noimmigrant vizasi, unda IXR olish oson bo’lmaydi va qo’shimcha hujjat taqdim etilishi talab etiladi.

2. Haydovchilik guvohnomasini oling

AQShda haydovchilik guvohnomasi (Driver License) shaxsni tasdiqlovchi hujjat vazifasini o’taydi. Shu sababli, shaxsingizni tasdiqlash uchun ko’pincha pasport emas haydovchilik guvohnomasi so’raladi. Ko’p holatlarda agar O’zbekiston haydovchilik hujjatini ko’rsatsangiz, mashina haydash testidan ozod etilasiz, va faqat yo’l qoidalari bo’yicha yozma test topshirishingiz kerak bo’ladi.

Agar haydovchilik guvohnomasini olishga tayyor bo’lmasangiz (masalan, mashina haydashni hali bilmaysiz), unda “State ID”ga, yani siz istiqomat qilayotgan shtat tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga murojaat qiling.

3. Immigrant resurs markazlari xizmatlaridan foydalaning

Har bir shtat tumanlarida (county) immigrant resurs markazlari mavjud (ko’pincha “Immigrant Recourse Center” deb ataladi). Mazkur markazlarda immigrantlarga bepul ingliz tilini o’rgatish, kompyuter savodxonligi, ish topishga ko’maklashish, va yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatlari yo’lga qo’yilgan. Bu kabi markazlardan ingliz tilini tezroq o’rganish uchun foydalanishni nazardan qochirmang. Immigrant resurs markazlarida ko’rsatiladigan xizmatlarning aksariyati bepuldir.

4. Debit/kredit karta ochtiring

AQShda “credit history” (kreditdan foydalanish tarixi) degan tushuncha mavjud. Kishining bank bergan kredit karta yoki qarzdan qanday foydalanayotganini aniqlab, unga baho beriladi. Masalan, agar siz kredit karta orqali narsalar sotib olib, bankka vaqtida pulni to’lamasangiz, bu holat sizning kreditdan foydalanish tarixingizga salbiy ta’sir qilib, sizga pastroq baho beriladi. Aksincha, kredit karta va umuman bankka bo’lgan qarzlaringizni o’z vaqtida to’lab borgan bo’lsangiz, sizning kreditdan foydalanish bahoingiz baland bo’ladi. Bu esa kelajakda katta miqdorda qarz olishingizni ancha osonlashtiradi.

Yaxshi credit history’ga ega bo’lish uchun, biron bir bankdan kredit kartani iloji boricha tezroq olish kerak. Ko’pincha kredit karta berish uchun bank sizdan Ijtimoiy xavfsizlik raqamini so’raydi. Agar hali IXRni olmagan bo’lsangiz, unda debit karta (“debit card” yoki “checking account” deb ataladi) ochtiring. Buning uchun bankda hisob ochtirib, bir oz mablag’ qo’ysangiz bo’ldi. Hisobingizga qo’yadigan mablag’ katta bo’lishi shart emas, $50 bilan ham ochtirishingiz mumkin. Muhimi biron narsa sotib olayotganingizda debit kartangizda qancha mablag’ borligini unutmaskli, va shu mablag’ doirasida oldi-sotti qilishdir.

5.  AQShda ish qidirish tizimi qanday yo’lga qo’yilganini tushunib oling

Hamma joyda bo’lgani kabi, AQShda ham ish topishning eng oson yo’li bu tanishlaringizda ish bor-yo’qligini surishtirishdir. Shu bilan birga, tezroq ish topish uchun barcha manbalardan foydalanishingiz kerak. Masalan, siz istiqomat qilayotgan joyda rus yoki o’zbek tilida chop etilayotgan gazetalarning bandlik/ish topish bo’limlarini kuzatib boring. Yoki bo’lmasa AQShda turli hil e’lonlar uchun eng ko’p qo’llaniladigan Kregslist (www.craigslist.org) veb sahifasidan foydalaning. Veb sahifaga kirganingizdan keyin, siz istiqomat qilayotgan shtatning shahrini tanlang (masalan, New York City) va “Jobs” bo’limidan kasbingizga to’g’ri keladigan soha bo’yicha ish qidiring. Yoki bo’lmasa, “Jobs” bo’limiga kirganingizdan keyin, “Russian” yoki “Uzbek” deb qiding, shunda rus yoki o’zbek tili talab qilinadigan ishlar ro’yhati chiqadi.

Demak, yuqorida AQShga yetib kelgandan keyin birlamchi qilinishi kerak bo’lgan ishlarni sanab o’tdik. Siz bu jarayondan o’tgan bo’lsangiz yana qanday maslahat bergan bo’lardingiz? Fikr-mulohazalaringizni quyida qoldirishingiz mumkin.

Tags:

2 Comments

  • Akhmadkhuja
    Javob berish Fevral 7, 2018 at 9:31 am

    You Tube kanalidayam video chiqarila juda yaxshi bo’lardi yoki audio zapis lekin yaxshi sayt

Leave a Comment

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?