574-386-2815

Call Us Now

 

Kaliforniyada keng qo’llaniladigan “qizil karta” (“red card”) nima?

Langar Law Firm > Huquqlaringiz  > Kaliforniyada keng qo’llaniladigan “qizil karta” (“red card”) nima?

Kaliforniyada keng qo’llaniladigan “qizil karta” (“red card”) nima?

Avval chop etilgan maqolamizda vatandoshlarimiz orasida AQShda hujjatsiz immigrant sifatida yashayotganlar politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimlariga duch kelgan paytlarida deportatsiyadan omon qolish uchun qanday huquqlarni bilishlari lozimligi haqida yozgan edik. Mazkur maqolada esa e’tiborimizni masalaning amaliy jihatiga qaratamiz.

Kaliforniyada faoliyat ko’rsatayotgan immigrantlar huquqlarini himoya qilish nodavlat tashkilotlari, masalan Immigrant Legal Resource Center, hujjatsiz muhojirlarga “qizil karta”dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu kartaga sizning AQSh Konstitutsiyasiga ko’ra huquqlaringiz yozilgan bo’lib, immigratsiya xizmati xodimi yoki politsiya bilan yuzlashganda, uni ko’rsatishingiz mumkin. Shunday kartaga ega bo’lish, ayniqsa, ingliz tilini bilmaydigan hujjatsiz muhojirlarga juda qo’l kelishi mumkin.

Qizil karta”ning kattaligi taklifnomachalik, hamyoningizga bemalol sig’adi. Qizil kartaning bir tomoniga huquqlaringiz ingliz tilida, ikkinchi tomoniga esa ona tilingizda yozdirishingiz mumkin. Qizil kartaning ingliz tilidagi tomonida shunday so’zlar yozilgan:

I do not wish to speak with you, answer your questions, or sign or hand you any documents based on my 5th Amendment rights under the United States Constitution.

I do not give you permission to enter my home based on my 4th Amendment rights under the United States Constitution unless you have a warrant to enter, signed by a judge or magistrate with my name on it that you slide under the door.

I do not give you permission to search any of my belongings based on my 4th Amendment rights.

I choose to exercise my constitutional rights.

 

Qizil kartaning ikkinchi tomoniga esa yuqorida sanab o’tilgan huquqlar kishining ona-tilida bitilgan (masol tariqasida, bu yerda ispancha va arapcha nushalarini ko’rishingiz mumkin). O’zbek tiliga bu huquqlarning tarjimasi quyidagicha:

AQSh Konstitutsiyasining 5-O’zgartirishiga asoslanib, siz bilan gaplashishni, savollaringizga javob berishni, har qanday hujjatni imzolashni yoki sizga taqdim etishni xohlamayman.

AQSh Konstitutsiyasining 4-O’zgartirishiga asoslanib, agar sudya tomonidan imzolangan va mening ismim yozilgan orderni eshik ostidan uzatmasangiz, sizga uyimga kirishga ruxsat bermayman.

4-O’zgartirishga asoslanib, menga tegishli biror narsani tintuv qilishingizga ruxsat bermayman.

Men konstitutsiyaviy huquqlarimdan foydalanishni ma’qul ko’raman.

 

Bu huquqlarni esda tutish har kimga tavsiya etiladi. Agar kichik karta ko’rinishida hamyoningizda olib yurishni istasangiz, ham ingliz, ham o’zbek tilidagi matnni printerdan chiqarib olishingiz mumkin.

No Comments

Leave a Comment

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?