574-386-2815

Call Us Now

 

Uncategorized

Langar Law Firm > Uncategorized

Amerikada immigrant hayoti: 2019 yil uchun 5 maslahat

AQShga kelganimga 12 yil bo’ldi. Bu vaqt mobaynida immigrant va advokat sifatida immigratsiya jarayoni va qiyinchiliklari bilan yaqindan tanishib, immigrantlar dardiga quloq soldim. Hozir o’tgan yilgi ishlarni sarhisob qilib, 2019 yil uchun yangi maqsad va rejalarni qilish vaqti. Shu munosabat bilan quyida e'tiboringizni 2019 yilda foydasi tegishi mumkin bo'lgan 5 masalatga qarataman.   1.Oilaviy hayotingizni yaxshilang Advokat bo’lganim sababli vatandoshlar men bilan bog’lanib, oilaviy munosabatlardan kelib chiquvchi huquqiy muammolar haqida maslahat qiladilar. Chet-elda juda ko’p oilalarda er-xotin, ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabatlar oson kechmayapti. 2019 yilda qanday bo’lmasin, oiladagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashga harakat qiling. Oilada tinchlik bo’lmasa, boshqa hech qaysi ish va/yoki...

Continue reading

Ijtimoiy yordam dasturlaridan foydalangan kishilarga grin karta berilmaydimi?

22-sentyabrda AQSh hukumati “Davlat byudjeti uchun yuk bo’lgani tufayli grin kartaga noloyiq deb topish” (Inadmissibility on Public Charge Grounds) to’g’risidagi qoidalarini (bundan buyon Qoidalar) e’lon qildi. Qoidalar taklif ko’rinishida bo’lib, unda bundan buyon ijtimoiy yordam dasturlaridan foydalanadigan kishilar uchun AQShda doimiy yashash imtiyozi (grin karta) berilmasligi taklif qilinadi. Asosiy sabab--davlat byudjeti uchun yuk bo'ladigan ("public charge") kishilarga AQShda doimiy qolish imkoniyatini cheklash. Bunday choralar avval ham bo'lgan, ammo o’z ichiga asosan pul ko'rinishidagi ijtimoiy yordam dasturlarini qamrab olgan edi. Yangi qoidalar esa barcha ko’rinishdagi ijtimoiy yordam dasturlarini o’z ichiga oladi. Qoidalar haqida menga berilgan eng asosiy savollarni jamlab, ularga quyida javob...

Continue reading

U vizasi: Jinoyat qurbonlari uchun viza

2000 yilda AQSh Kongresi Odam savdosi va zo’ravonlik qurbonlarini himoya qilish to’g’risidagi Qonunni (Victims of Trafficking and Violence Protection Act) qabul qildi. Mazkur Qonunning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida immigratsiya qonun-qoidalariga ham o’zgartirishlar qabul qilinib, U vizasi (U-visa) kiritildi. U vizasi AQShda jinoyat yoki zo’ravonlik qurbonlariga avval noimmigrant vizasini olish va keyinchalik grin kartaga murojaat qilish imkoniyatini beradi. 1. U vizasi nima?  U vizasi ba'zi turdagi jinoyat qurbonlari uchun noimmigrant viza maqomini beradi. Maqsad, jinoyat qidiruv jarayoniga yordam berishga rozilik bildirgan jinoyat qurboni uchun himoya mexanizmini yaratish. 2. Kimlar murojaat qilishi mumkin?  U vizasini olish uchun 6ta asosiy talab qo'yilgan, bular: - Arizachi jiddiy jinoyat qurboni; -...

Continue reading

Homeschooling nima?

Immigratsiya

YouTube’da yosh o’zbek oilasi tomonidan juda foydali kanal ochilgan. Nomi – Our Uzbek Homeschool. Kanal nima haqida ekanligi haqida yaxshiroq tasavvurga ega bo’lish uchun qisqa video lavhani bu yerda tamosha qilishingiz mumkin – Uy ta’limi haqida intro - #1. Video lavhalarda asosiy qahramonlar bu Sofia va Maryam. Ularning ota-onasi Abdulaziz va Umida esa ularga o’qitishning turli usullaridan foydalanib ta’lim berayotganlarini ko’rish mumkin. Umida va Abdulazizga blogim kuzatuvchilari uchun homeschooling haqida yaxshiroq ma’lumot berishlari uchun bir necha savol bilan murojaat qildim. Quyida ularning javobi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 1. Homeschooling nima? Homeschooling, farzandga uy sharoitida ta’lim berishni anglatadi. Farzandga ta’lim maktab yoki bog’chada...

Continue reading

Daromad solig’i: immigrantlar e’tibor berishi kerak bo’lgan 5 jihat

Soliqlar

Hozir Amerikada “tax season”, ya’ni daromad solig’ini to’lash vaqti. Tegishli daromad solig’i deklaratsiyasini to’ldirib, joriy yilning 17 apreligacha topshirish kerak. Amerikada, immigratsion maqomi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, daromad ko’rgan har kim daromad solig’ini to’lashi kerak. Quyida immigrantlar daromad solig’i deklaratsiyasini to’ldirishda e’tibor berishi kerak bo’lgan 5 jihat haqida gap ketadi. 1. Immigratsion maqomingiz qanday bo’lishidan qat’iy nazar daromad solig’i deklaratsiyasini topshiring Amerikada soliqlar kishining immigratsion maqomiga qarab to’lanmaydi. Amerika fuqarosi, grin karta egasi yoki hujjatsiz immigrant bo’lishingizdan qat’iy nazar, ishlab daromad topayotgan har kim daromad solig’i to’lashi kerak. Daromad solig’ini to’lash borasida tushunmovchilik asosan hujjatsiz immigrantlar orasida ko’p uchraydi. Daromad solig’i deklaratsiyasini to’ldirishda...

Continue reading

Amerikada hamshira bo’lish jarayoni

Vatandoshlarimiz orasida turli kasb egalarini uchratish mumkin. Oxirgi yillarda tibbiyot sohasida jiddiy yutuqlarga erishayotgan vatandoshlarimiz soni ko’payayapti. Hususan ular orasida hamshira bo’lib ishlayotganlar soni ortmoqda. Mutaxassislarga ko’ra, Amerikada RN hamshiralarga bo’lgan ehtiyoj 2026 yilgacha 15% ortadi. Bugungi suhbatdoshimiz Nilufar Salimova. Asli Samarqand shahridan bo’lib, Nyu York shtatiga 2009 yilda oilasi bilan immigratsiya qilgan. Nilufar Amerikaga kelganida ingliz tilini bilmasdi. Tez orada ASA kollejida (ASA College) tilni mukammal o’rganib, tibbiyot sohasida tahsil olish bo’yicha orzularini amalga oshirishga kirishdi. Amerikaning eng nufuzli universitetlaridan bo’lmish Nyu York universitetiga (New York University) hamshiralik yo’nalishiga o’qishga kirib, muvaffaqiyatli bitirdi. Bugun esa Nilufar RN hamshira (Registered Nurse:...

Continue reading

Muddati tugayotgan grin kartani yangilash tartibi

Grin kartaga (Green Card) ega bo'lish kishiga Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Grin kartaning rasmiy nomi “Doimiy rezident kartasi” (Permanent Resident Card), u 10 yilga beriladi. Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini saqlab qolish uchun grin karta muddati tugashidan oldin uzaytirilishi kerak. Grin kartani yangilash uchun qachon ariza topshirsa bo'ladi? Grin karta muddati tugashiga 6 oy qolganda yangi grin karta olish uchun ariza topshirish mumkin. Masalan, grin kartangiz muddati 2018 yil 15 sentyab oyida tugasa, yangi grin karta olish uchun arizani taxminan 2018 yil 16-18 martdan boshlab topshirishingiz mumkin. Grin kartani yangilash uchun qaysi hujjatlarni to'ldirish kerak? Grin kartani yangilash uchun I-90...

Continue reading

Ikki oylik faoliyatimiz sarhisobi

Uzbek Immigrant

Uzbek Immigrant’ning Facebook sahifasi faoliyat boshlaganiga ikki oy to’ldi. Birinchi oy faoliyatimiz sarhisobi bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Quyida esa febral oyida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi: Postlarimizni necha kishi ko’rdi (Reach) - 16,387 (yanvar oyida 10,086 edi) Postlarimizga necha kishi munosabat bildirdi (Engagement) – 12,889 (yanvar oyida 6,912 edi) Muxlislar soni (Likes) – 1,978 (yanvarda 1,380 edi) Kuzatuvchilar soni (Followers) – 2,134 (yanvarda 1,449 edi) Taqrizlar (Reviews) – 39 kishi 5 ustidan 5 baho, 1 kishi esa 4 baho berdi ( yanvar oyida jami 7 kishi 5 ustidan 5 baho bergan edi). Eng ko’p o’qilgan maqolalar (“post clicks” soni): AQSh...

Continue reading

Grin karta tasdiqlov raqamini yo‘qotib qo‘ysam nima qilishim kerak?

Grin karta lotereyasiga ariza topshirganingizdan keyin sizga darhol elektron tasdiqlov raqami yuboriladi. Siz saralanganligingizni bilish uchun Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasidan foydalanishingiz kerak. DV-2018ga topshirgan arizangiz maqomini 2017 yil 2-maydan to 2018 yil 30-sentyabrgacha E-DV www.dvlottery.state.gov veb sahifasidagi Arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasi (Entrant Status Check) orqali tekshirishingiz mumkin. Tegishli ma’lumotni kiritganingizdan keyin arizangiz saralanganligi yoki saralanmaganligi haqida ma’lumot chiqadi. Tabiiyki, arizachi Maqomini Tekshirish Funktsiyasiga (Entrant Status Check) kira olishingiz uchun tasdiqlov raqamingiz (Confirmation number) bo‘lishi shart. Bordiyu tasdiqlov raqamingizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, AQSh elchixona va konsulliklari hamda Kentukki Konsullik Markazi (Kentucky Consular Center) sizning maqomingizni tekshirish yoki tasdiqlov raqamingizni sizga bevosita taqdim etish...

Continue reading

F-1 talaba vizasi bilan Amerikada ishlash mumkinmi?

F-1 talaba vizasi bilan Amerikaga kelgan talabalar cheklangan ishlash huquqiga ega.  Ishlashni niyat qilgan F-1 talabasi quyidagi holatlarni/shartlarni e’tiborga olishi kerak: 1. On-campus Employment nima? F-1 talabasi universitet hududida yoki uning tashqarisida, ammo universitet faoliyati bilan bog‘liq ishlarda haftasiga 20 soatdan oshmaydigan ishda ishlashi mumkin. Bunga “on-campus employment” deyiladi. Masalan, universitet hududida bo‘lgan ishlarga universitet hududi ichidagi kafelar, sport zallari, kompyuter xonalari yoki kitob do‘konida ishlash kiradi. Universitet tashqarisida, ammo uning faoliyati bilan bog‘liq ishlarga (“educationally affiliated off-campus employment”) universitet tashqarisida bo‘lgan, ammo u bilan hamkorlik qilayotgan ish joylarida (masalan, tadqiqot markazi) ishlash kiradi (On-campus employment haqida batafsil ma’lumot uchun 8 CFR...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?