574-386-2815

Call Us Now

 

Maslahatlar

Langar Law Firm > Maslahatlar (Page 2)

Immigratsion formalar: 5 xatoga yo‘l qo‘ymang

Immigratsion formalarni advokat yollamasdan o‘zi yoki “viza maslahatchilar” yordamida to‘ldiradiganlar ko‘p. Oxirgi paytlar shu sababdan jiddiy muammolarga yo‘liqayotgan vatandoshlardan juda ko‘p savollar kelayapti. Immigratsion formalarni to‘ldirishda qo‘yilgan xato yoki e’tiborsizlik sababli vatandoshlarning vizalari rad etilyapti yoki topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uzun muddatga kechiktirilyapti. Immigratsiyaga bog‘liq bo‘lgan masala nima bo‘lishidan qat’iy nazar malakali advokat bilan maslahat qilish kerakligi haqida alohida maqola yozaman. Mazkur maqolada esa asosiy e’tiborni immigratsion formalarni to‘ldirishda qo‘yilayotgan asosiy 5 xatoga qaratmoqchiman. 1. Ism-sharifni noto‘g‘ri yozish Immigratsion formalarni to‘ldirishda ism-sharifni to‘g‘ri yozishga alohida e’tibor berish kerak. Ism-sharifni noto‘g‘ri yozganingiz uchun immigratsiya xodimi sizni firibgarlikda (fraud) yoki yolg‘on ma’lumot berishda (misrepresentation)...

Continue reading

Amerikada trak haydovchisi bo’lish jarayoni

Amerikada juda ko’p vatandoshimiz haydovchi bo’lib ishlaydi. Ba’zilari Uber yoki Lyft bilan hamkorlik qilyapti. Boshqalari trak (yuk tashish mashinasi) haydovchisi. Ba'zilarining esa shaxsiy yuk tashish biznesi bor. Bobur Hasan ham trak haydash bilan boshladi, ammo tez orada Uz Trans Inc. kompaniyasiga asos solib, uni qariyib 10 yildan beri boshqarib kelmoqda. Bobur asli Qashqadaryoning Shahrisabz shahridan. Hususiy tadbirkor. Logistika, yuk tashish va ko’chmas mulk sohalarida o’z ishini yuritadi. Bobur bilan Amerikada trak haydavchisi bo’lish jarayoni haqida suhbat qildik. Eng asosiy talablar nima? Birinchi navbatda siz 21 yoshga to’lgan bo'lishingiz kerak. Yuk mashinasini haydashni niyat qilganingizdan keyin, tegishli qonun-qoidalarni o’rganishingiz kerak. Buning uchun yashayotgan joyingizda joylashgan...

Continue reading

AQSH aeroportida ilmoqli savollar

* Quyida berilgan ma’lumotlar huquqiy maslahat emas. Immigratsiya huquqi bo'yicha savollaringiz bo'lsa advokat bilan bog'laning. Pasportingizga AQSh vizasi urildi. Xursandsiz. Aviachiptalarni oldingiz. 15 soatlik uchishdan so’ng samolyot Nyu Yorkning JFK aeroportiga qo’ndi. Hayajondasiz. Bir necha daqiqadan keyin sizni oilangiz yoki do’stingiz kutib oladi. Ammo aeroportda immigratsiya xizmati xodimi sizni AQShga kiritilmasligi, qisqa muddat ichida O’zbekistonga qaytib ketishingizni buyurishi mumkin. Bunday holat ko’pincha immigratsiya xizmati xodimi bergan savollarga qoniqarsiz javob berganingiz uchun kelib chiqadi. Ho’sh, AQSH aeroportida immigratsiya xizmati hodimi savollariga javob berishda nimalarga e’tibor berish kerak? Samolyot AQShga qo’nganidan keyin Samolyot AQShga qo’nganidan keyin barcha yo’lovchilar belgilangan yo’lakchalardan yurib, immigratsiya xodimi (aniqrog’i CBP [Customs and...

Continue reading

AQShda nafaqaga chiqish

O‘zbekistonliklarning AQShga immigratsiya qilishi 1991 yildan keyin boshlandi. Demak, vatandoshlar orasida hozir nafaqa yoshida bo‘lganlar ko‘p. AQShga keyinchalik immigratsiya qilganlar esa nafaqa haqida hozirdan moliyaviy reja qilishni boshlashlari maqsadga muvofiq. AQShda nafaqa tizimi qanday ishlashini bilasizmi? Nafaqaga chiqish uchun etarli mablag’ yig’ib qo‘ydingizmi? Qaysi moliyaviy rejalash usullaridan foydalanyapsiz? Mazkur savollarga javob topish uchun moliyaviy maslahatchi (Financial adviser) Jamshid Usanov bilan bog‘landik. Amerikada ijtimoiy xavfsizlik uchun qaysi davlat muassasasi mas’ul? Amerikada ijtimoiy xavfsizlik tizimini boshqarish uchun Social Security Administration (SSA), ya’ni Ijtimoiy Xavfsizlik Boshqarmasi, mas’ul. Mazkur boshqarma 1935 yilda Social Security Act orqali tashkil etilgan va shundan beri AQShda nafaqa yoshiga yetgan aholiga ijtimoiy...

Continue reading

UBER haydovchilariga 10 maslahat

* Quyida berilgan ma’lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o‘rnida o‘tmaydi. Uber yoki Lyft haydash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy masahat uchun advokat bilan bog‘laning. Vatandoshlarimiz orasida Uber yoki Lyft haydovchisi bo’lib ishlayotganlar ko’p uchraydi. Barakasini bersin, oson ish emas. Mashina haydash va mijozlar bilan muloqot qilishda turli vaziyatlar yuzaga keladi. Yo’lovchi baqirib-so’kishi yoki ur-tepga o’tishi mumkin. Uzun soatlar mashina haydash natijasida yo’l-transport hodisalarining sodir bo’lish ehtimoli ortadi. Ho’sh, Uber yoki Lyft haydovchilari e’tibor berishi kerak bo’lgan holatlar nimadan iborat? Mazkur maqolada 10ta maslahat beramiz. 1. Uber/Lyft haydashga faqat vaqtincha ish sifatida qarang Uber/Lyft haydovchisi bo’lishning o’ziga yarasha qulayliklari bo’lsa ham, bu ishni faqat vaqtincha bajarish...

Continue reading

Daromad soli’gi: savol va javoblar

Benjamin Franklinga ko’ra bu dunyoda o’lim va soliqlardan boshqa hech narsa muqarrar emas ("In this world nothing can be said to be certain, except death and taxes."). Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bu gapda jon bor ekanligini yaxshi bilishadi. Sababi, Amerikada soliq to’lash bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar qat’iy ijro etiladi. Soliq to’lamagan yoki bila turib soliq to’lashda yolg’on daromad/harajat ko’rsatgan kishi bir kun kelib albatta javobgarlikka tortiladi. Amerikada soliq to’lash bilan bog’liq bo’lgan masalalar juda murakkab bo’lgani sababli, fuqarolarning aksariyati tegishli qoidalarni yaxshi tushunmaydi va natijada soliq to’lashda jiddiy xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga daromad solig’i haqida ma’lumot berish uchun...

Continue reading

Qoqilgan eshik ochiladi

Kuni kecha Qalampir.uz’da Malika Sharipovaning AQShdagi elchixonalar faoliyatidan norozi bo’lib yozgan maqolasi e’lon qilingan edi. Maqola chop etilishi bilan Malikaga ham Nyu York, ham poytaxt Vashingtondan qo’ng’iroq qilishdi. Voqea davomini quyida Malikaning o'zi bayon etadi. Malikaga mazkur muammoni yoritib, o'quvchilar bilan bo'lishgani uchun katta rahmat! Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, agar elchixona xodimi sizga hurmatsizlik ko’rsatsa, amaliy yordam berishdan bosh tortsa, asossiz hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa va xatti-harakatlari bilan sizni ortiqcha ovora qilsa, elchixonadan indamay chiqib ketmang, tegishli yuqori turuvchi davlat organlariga shikoyat qiling. Bu shikoyatingiz natija bermadimi, mahalliy yoki chet elda joylashgan ommaviy axborot vositalariga murojaat qiling, muammoni ular orqali...

Continue reading

Kontrakt puli tekin bo’lgan Berea kollejiga qabul qilingan o’zbek talabasi bilan suhbat

Manba:Ushbu maqola ilk marotaba http://grantlar.uz/ vebsahifasida chop etilgan. Quyida uning qisqartirilgan ko’rinishi. To’liq matnini o’qish uchun bu yerga bosing. ****************************************** AQShning Kentukkiy shtatida joylashgan Berea kolleji dunyoda eng kam uchraydigan kollejlardan biri, ya’ni ta’lim puli (Tuition fee) butunlay tekin bo’lgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ushbu kollejda dunyoning turli burchagidan kelgan talaba yoshlar tahsil oladi. Biz ushbu hujjat topshirish, unga qabul qilinish, kollejda olib boriladigan o’quv jarayoni haqida ushbu kollejga qabul qilingan yosh va iqtidorli o’zbek talabasi Dostonbek Toirov bilan suhbat tashkillashtirdik va uni siz bilan bo’lishmoqdamiz. O’zingiz haqingizda qisqacha so’zlab bersangiz Men, Dostonbek Toirov, 1998-yil Andijon viloyatining Imom ota qishlog’ida oddiy oilada dunyoga kelganman....

Continue reading

AQShda yashayotgan muhojirlar uchun hayot sug’urtasi nimaga kerak?

Muallif haqida: Suhrobjon Ismoilov New York Life kompaniyasining Manhattan, New York offisida moliyaviy rejalashtirish bo’yicha maslahatchi vazifasida ishlaydi. Ishi davomida AQShning 9ta shtatida yashaydigan, turli xil sohalarda mehnat qilayotga, ba’zilari o’z bizneslariga ega bo’lgan, asosan muhojirlardan iborat mijozlarga xizmat ko’rsatadi. Shu kungacha 400 dan ortiq insonga o’zlarining shaxsiy vaziyatlaridan kelib chiqib, moliiyaviy rejalarini boshlab olishga, xususan hayot sug’urtasi shartnomalarini boshlashga yordam bergan. Kompaniyada eng yuqori malakali maslahatchilarga beriladigan qariyb hamma mukofot va yorliq’larni olgan. 2017 va 2018 yillar uchun nufuzli Million Dollar Round Table xalqaro, dunyo bo’yicha eng yuqori malakali moliyaviy maslahatchilar va hayot sug’urtasi ochtirish bo’yicha agentlarning uyushmasi a’zoligaga...

Continue reading

AQShda magistraturaga hujjat topshirish jarayoni

* Amerikada Magistratura boshqichida ta'lim olish haqida juda ko'p savollar kelayapti. Mazkur savollarga qisman javob berish uchun Sardorbek Musayev bilan bog'landik. Sardorbek Musayev hozirda Konnektikut universitetida (University of Connecticut) PhD Program in Environmental Engineering yo’nalishi bo’yicha tahsil olayapti. Ham o'qish, ham ilmiy tadqiqot olib borish bilan band ekanligiga qaramasdan Uzbek Immigrant uchun o'ta ahamiyatli material tayyorlab bergani uchun katta rahmat! AQSh universitetlari haqida gap ketganda ko’zimizning oldiga birinchi bo’lib nufuzli Harvard, Stanford, MIT yoki Yale universitetlari keladi. Aksariyat hollarda bu universitetlarga juda zukko kishilar o’qishga kirayotganiga guvoh bo’lamiz. Savol tug’iladi, oddiy talaba ham AQSh universitetlariga o’qishga kira olishi mumkinmi? Firkimizcha, ha....

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?