574-386-2815

Call Us Now

 

Immigratsiya jarayoni

Langar Law Firm > Immigratsiya jarayoni

Turist vizasini (B1/B2) uzaytirish mumkinmi?

Amerikaga Immigratsiya

Turist vizasi nima? Amerikaga sayohat qilayotgan vatandoshlarimiz asosan B1/B2 noimmigratsion vizalari bilan keladilar.  Biznes maqsadi bilan safar qilayotganlar B1 vizasi (masalan, ish bilan bog’liq uchrashuvlar va muzokaralarda qatnashishni istaganlar uchun), umumiy turizm maqsadi bilan safar qilayotganlarga esa B2 vizasi (masalan, Amerikada oila a’zosini ko’rish uchun kelishni istaganlar uchun) beriladi. B1/B2 vizasi bilan Amerikada qancha muddat qolishim mumkin? [caption id="attachment_677" align="alignright" width="194"] Aeroportda qo'yiladigan muhr va viza muddati[/caption] AQSh elchixonasida berilgan B1/B2 viza asosan 1 yil amal qilish muddati bilan berilsa ham, Amerikada necha kun qolishingiz aeroportda belgilanadi. Immigratsiya xizmati tekshiruvidan o'tganingizdan keyin pasportingizga “passport admission stamp” (avval I-94 nomli qog'oz parchasi berilardi), deb nomlanadigan muhr uriladi....

Continue reading

Muddati tugayotgan grin kartani yangilash tartibi

Grin kartaga (Green Card) ega bo'lish kishiga Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Grin kartaning rasmiy nomi “Doimiy rezident kartasi” (Permanent Resident Card), u 10 yilga beriladi. Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini saqlab qolish uchun grin karta muddati tugashidan oldin uzaytirilishi kerak. Grin kartani yangilash uchun qachon ariza topshirsa bo'ladi? Grin karta muddati tugashiga 6 oy qolganda yangi grin karta olish uchun ariza topshirish mumkin. Masalan, grin kartangiz muddati 2018 yil 15 sentyab oyida tugasa, yangi grin karta olish uchun arizani taxminan 2018 yil 16-18 martdan boshlab topshirishingiz mumkin. Grin kartani yangilash uchun qaysi hujjatlarni to'ldirish kerak? Grin kartani yangilash uchun I-90...

Continue reading

Immigratsion formalar: 5 xatoga yo‘l qo‘ymang

Immigratsion formalarni advokat yollamasdan o‘zi yoki “viza maslahatchilar” yordamida to‘ldiradiganlar ko‘p. Oxirgi paytlar shu sababdan jiddiy muammolarga yo‘liqayotgan vatandoshlardan juda ko‘p savollar kelayapti. Immigratsion formalarni to‘ldirishda qo‘yilgan xato yoki e’tiborsizlik sababli vatandoshlarning vizalari rad etilyapti yoki topshirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish uzun muddatga kechiktirilyapti. Immigratsiyaga bog‘liq bo‘lgan masala nima bo‘lishidan qat’iy nazar malakali advokat bilan maslahat qilish kerakligi haqida alohida maqola yozaman. Mazkur maqolada esa asosiy e’tiborni immigratsion formalarni to‘ldirishda qo‘yilayotgan asosiy 5 xatoga qaratmoqchiman. 1. Ism-sharifni noto‘g‘ri yozish Immigratsion formalarni to‘ldirishda ism-sharifni to‘g‘ri yozishga alohida e’tibor berish kerak. Ism-sharifni noto‘g‘ri yozganingiz uchun immigratsiya xodimi sizni firibgarlikda (fraud) yoki yolg‘on ma’lumot berishda (misrepresentation)...

Continue reading

Amerikada “Dreamers” va “DACA” deyilganda nima nazarda tutiladi?

Amerikada immigratsiya sohasida islohotlar haqida gap ketar ekan, “Dreamers” va “DACA” kabi tushunchalar ko’p ishlatilayotganini kuzatish mumkin. Bu hafta boshlanib, kelasi haftalarda muhokama qilinadigan immigratsiya islohotlarining markazida ham aynan “Dreamers” va “DACA” turadi. Ho’sh, bu tushunchalar nimani bildiradi? Hujjatsiz immigrantlar muammosi Tahminlarga ko’ra, Amerikada 10-12 million hujjatsiz immigrant bor. Ularning aksariyati Kaliforniya, Texas, Florida, Nyu York, Nyu Jersi va Ilinoys shtatlarida istiqomat qiladi. Hukumat hujjatsiz immigrantlar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga bir necha yildan beri harakat qilmoqda, ammo hali samarali yechim topilgani yo’q. Bolalarning aybi nima? Eng jiddiy muammolardan biri ota-onasi bilan Amerikaga kelgan voyaga yetmagan bolalar taqdiri bilan bog’liq. Jumboq shundaki, ota-onasi...

Continue reading

Qalliq vizasi nima?

K-1 vizasi nima? Qalliq vizasi (yoki K-1 vizasi) AQSh fuqarolari bilan AQShda qonuniy nikohdan o‘tib, AQShni tark etmasdan, doimiy qonuniy rezident maqomini olish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan. K-2 vizalari K-1 vizalarini olgan shaxslarning farzandlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu farzandlar ham viza suhbatiga kelishlari shart. K-1 vizasiga hujjatlarni topshirish jarayoni nimadan iborat? AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz o‘z yashash joyi bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining Xizmat Markaziga pochta orqali I-129 (Chet el fuqarosi bo‘lgan qalliq uchun petitsiya) Formasini topshirishi kerak. Qallig‘ingiz AQShdan tashqarida yashayotgan bo‘lsa, u petitsiyani o‘zining AQShda eng so‘nggi yashagan joyida vakolatga ega AQSh Fuqarolik va Immigratsiya...

Continue reading

Musulmonlarni AQShga kiritmaslikni maqsad qilgan qarorlarning qisqa tarixi

Prezidentlik kampaniyasi davomida Donald Tramp bir necha marta musulmonlarni AQShga kiritmaslik kerakligini va Prezident bo‘lib saylangan taqdirda buni amalga oshirishini va’da qilgani esingizda bo‘lsa kerak. Va’dalariga sodiq qolib, Prezident Tramp 2017 yil 27 yanvar kuni bir nechta musulmon davlatlar fuqarolarini kiritishni ta’qiqlovchi Qarorni (Executive Order 13769) imzoladi.  Mazkur qaror xalq tilida “Muslim Ban” (Musulmonlarga qarshi taqiq) nomini oldi.  1-Qaror Amerika hududiga 90 kun davomida 6 musulmon davlat fuqarolarini kiritishni ta’qiqladi.  Bular Iroq, Suriya, Eron, Liviya, Somaliya, Sudan va Yaman. Shu bilan birga Suriyadan muddatsiz ravishda qochoqlar kiritilishiga ta’qiq qo‘yildi. Ertasi kuniyoq, ya’ni 2017 yil 28 yanvar kuni, Nyu York shtatining federal...

Continue reading

Grin karta g’oliblari uchun foydali ma’lumotlar

AQShga immigratsiya qilishning keng qo’llaniladigan yo’llaridan biri bu Grin Karta lotoreya dasturidir. Mazkur dasturning rasman “Turli millatlarga mansub immigrantlar visa dasturi” (“Diversity Immigrant Visa Program” yoki “Diversity Visa”) deb ataladi. DV-2018 Lotoreya Dasturi arizachilari lotoreya natijalarini elektron DV vebsaytida 2018-yil 30-sentyabrgacha tekshirishlari mumkin. Eslatib o’tamiz, DV-2018 Lotoreya Dasturiga ariza topshirish 2016-yil 4-oktyabrdan 2016-yil 7-noyabrgacha davom etgan edi. Lotoreya natijalarinini tekshirishda arizachiga DV lotoreyaga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xati (Submission Confirmation) kerak bo’ladi. Arizachi Maqomini Tekshirish (Entrant Status Check) lotoreyada yutgan yoki yutmaganligingizni bilish uchun: dvlottery.state.gov vebsaytiga tashrif buyuring; va Tasdiq xatida sizga berilgan tasdiq nomerini vebsaytga kiriting. Agar lotoreya g’oliblaridan biri bo’lsangiz, vebsayt sizga ushbu...

Continue reading

Oila a’zolari orqali Grin karta

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Immigratsiya masalalari bo'yicha savolingiz bo'lsa advokat bilan maslahat qilishni tavsiya qilamiz.  Grin karta olib, qonunan AQShda doimiy ro’yxatda turuvchi (lawful permanent resident) maqomini olishning bir necha yo’llari bor. Shulardan eng keng tarqalgan yo’li bu oila a’zosi orqali grin karta olishdir. Jamiyatda oilaning roli muhimligini hisobga olgan holda, AQSh Kongresi AQSh fuqarolari va unda doimiy yashovchilarning o’zga davlatlardagi oila a’zolari bilan birlashishi uchun sharoit yaratgan. Oila a’zolarining AQShga doimiy yashash uchun immigratsiya qilishlari yoki grin karta olishlarining ikki asosiy turi mavjud: A) AQSh fuqarosining yaqin oila a’zosi (Immediate relatives of U.S. citizens) va B) Oilaviy...

Continue reading

Amerikaga kelgandan keyin asosiy ishlar

Aytaylik Grin karta dasturi yoki AQSh fuqarosi bo’lgan oila a’zosi orqali AQShga ko’chib keldingiz. Vaqtinchalik turar-joyingiz ham bor. Ho’sh, birlamchi qilinishi kerak bo’lgan ishlar nimadan iborat? Mazkur maqola shu masalaga oydinlik kiritadi. 1. Ijtimoiy xavfsizlik raqamini (Social Security Number) oling AQShda qonuniy ishlamoqchi bo’lgan kishi birinchi navbatda Ijtimoiy xavfsizlik raqamini (IXR) yoki Social Security Number (SNN) olishi kerak. Xalq tilida qisqa qilib “Social” deb ataladi. AQShga yetib kelganingizdan keyin 10 kun o’tib IXRni olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. IXRni olish uchun hujjatlarni Ijtimoiy xavfsizlik bo’limiga (Social Security Agency) topshirishingiz kerak. Talab etiladigan hujjatlar ro’yhati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Bu hujjatlar...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?