574-386-2815

Call Us Now

 

Huquqlaringiz

Langar Law Firm > Huquqlaringiz

Chet eldagi vatandoshlar bilan hamkorlik kontseptsiyasining asosiy qoidalari

Kuni-kecha Prezidentning «Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (juda sekin yuklanyapti) qabul qilindi. Qarorga Ilova sifatida vatandoshlar bilan hamkorlik qilishning davlat siyosati Kontseptsiyasi ham qabul qilindi. Xo'sh, Kontseptsiyaning asosiy qoidalari nima? Kamchiliklar nimada? Kontseptsiyaning asosiy bandlari nima haqida? 1. Vatandoshlar tushunchasi: Kontseptsiyada kim vatandosh, deb hisbolanishi aytiladi. Jumladan, quyidagilar vatandoshlar qatoriga kiritiladi: a) chet elda vaqtincha yurgan O’zbekiston fuqarolari; b) xorijga chiqib, chet el fuqaroligini olgan, O’zbekistonga ma’naviy va madaniy nutqai nazardan mansublikni his qilgan shaxslar; c) etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtai nazardan o’zini o’zbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda O’zbekiston...

Continue reading

Grin karta (doimiy rezident) maqomini yo’qotish

Grin karta Amerikada doimiy yashash (Permanent Resident) huquqini beruvchi hujjat. Grin kartani qo’lga kiritish mashaqqatli va yillar davom etadigan jarayon bo’lishiga qaramasdan, uni arzimagan xato sababli bir zumda yo’qotish mumkin. Shunday holatlardan biri grin karta maqomini tark etish tufayli ro’y beradi. Amerika immigratsiya huquqida bunga “abandonment” deyiladi. Xo’sh, qaysi holatlarda kishi grin karta maqomini tark etgan hisoblanadi? Chet elda uzun muddat qolish Amerikada grin karta kishiga juda ko’p imtiyozlar beradi. Shular ichiga chet elga sayohat qilgan kishi Amerikaga vizasiz kirib kelish huquqi kiradi. Grin karta egalari sayohatdan keyin Amerikaga kirib kelishda grin karta va pasportlarini ko’rsatib o’tadilar. Ammo chet elda uzun vaqt...

Continue reading

Amerikada “Dreamers” va “DACA” deyilganda nima nazarda tutiladi?

Amerikada immigratsiya sohasida islohotlar haqida gap ketar ekan, “Dreamers” va “DACA” kabi tushunchalar ko’p ishlatilayotganini kuzatish mumkin. Bu hafta boshlanib, kelasi haftalarda muhokama qilinadigan immigratsiya islohotlarining markazida ham aynan “Dreamers” va “DACA” turadi. Ho’sh, bu tushunchalar nimani bildiradi? Hujjatsiz immigrantlar muammosi Tahminlarga ko’ra, Amerikada 10-12 million hujjatsiz immigrant bor. Ularning aksariyati Kaliforniya, Texas, Florida, Nyu York, Nyu Jersi va Ilinoys shtatlarida istiqomat qiladi. Hukumat hujjatsiz immigrantlar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga bir necha yildan beri harakat qilmoqda, ammo hali samarali yechim topilgani yo’q. Bolalarning aybi nima? Eng jiddiy muammolardan biri ota-onasi bilan Amerikaga kelgan voyaga yetmagan bolalar taqdiri bilan bog’liq. Jumboq shundaki, ota-onasi...

Continue reading

AQShdagi O’zbekiston elchixonasining bayonoti

AQShdagi O’zbekiston elchixonasi faoliyatini yoritishda davom etamiz. Bugun elchixonaning Facebook sahifasida elchixona faoliyati to’g’risidagi manfiy maqolalarga munosabat bildirildi. Elchixona tomonidan bunday bayonot berilishi avval misli ko’rilmagan holat bo’lib, elchixona o’z faoliyatini haqiqatdan ham qisqa muddat ichida yaxshilashga jiddiy kirishganini ko’rsatadi. Ho’sh, elchixona chop etgan bayonotda nima deyiladi? Fuqarolarning elchixonaga murojaatlari amaldagi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Konsullik masalalari bilan murojaat qiluvchilarni qabul qilish kunlari va soatlari uzaytirildi. Endi konsulxona dushanbadan jumagacha, 9dan-13gacha ishlaydi. Avval konsulxona qabul qilish kunlari dushanbadan payshanbagacha, 10-12gacha edi. Konsullik faoliyati va to’lovlar haqida savoli bo’lgan kishi birinchi bo’lib vebsahifaga murojaat qilishini,...

Continue reading

Hujjatsiz immigrantlar qaysi shtatda haydovchilik guvohnomasini olishlari mumkin?

Haydovchilik guvohnomasi ba’zi noimmigratsion viza egalariga berilmaydi. Masalan, ba’zi shtatlarda talabalik vizasi egalariga (F1) haydovchilik guvohnomasini olish mumkin, ammo turist vizasi egalariga (B1) haydovchilik guvohnomasi berilmaydi. Tabiiki, hujjatsiz immigrantlar uchun ham haydovchilik guvohnomasi olish ko’p holatlarda imkonsiz. Ammo National Immigration Law Center ga ko'ra, 12 shtat va Vashington shahrida (Washington D.C.) hujjatsiz immigrant haydovchilik guvohnomasini olishi mumkin. Mazkur 12 shtatlar quyidagilardir (qo'shimcha ma'lumot uchun quyida sizni qiziqtirgan shtat ustiga bosing va tegishli vebsahifaga o'ting): 1) Delaver; 2) Gavai; 3) Illinois; 4) Kaliforniya; 5) Kolorado; 6) Konnektikut; 7) Merilend; 8) Nevada; 9) Nyu Meksiko; 10) Yuta; 11) Vermont; va 12) Vashington (Washington state). Ushbu 12 shtat va Vashington shahrida sizdan immigratsion maqomingizni ko’rsatuvchi hujjatni ko’rsatish talab etilmaydi....

Continue reading

Kaliforniyada keng qo’llaniladigan “qizil karta” (“red card”) nima?

Avval chop etilgan maqolamizda vatandoshlarimiz orasida AQShda hujjatsiz immigrant sifatida yashayotganlar politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimlariga duch kelgan paytlarida deportatsiyadan omon qolish uchun qanday huquqlarni bilishlari lozimligi haqida yozgan edik. Mazkur maqolada esa e’tiborimizni masalaning amaliy jihatiga qaratamiz. Kaliforniyada faoliyat ko’rsatayotgan immigrantlar huquqlarini himoya qilish nodavlat tashkilotlari, masalan Immigrant Legal Resource Center, hujjatsiz muhojirlarga “qizil karta”dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bu kartaga sizning AQSh Konstitutsiyasiga ko’ra huquqlaringiz yozilgan bo’lib, immigratsiya xizmati xodimi yoki politsiya bilan yuzlashganda, uni ko’rsatishingiz mumkin. Shunday kartaga ega bo’lish, ayniqsa, ingliz tilini bilmaydigan hujjatsiz muhojirlarga juda qo’l kelishi mumkin. “Qizil karta”ning kattaligi taklifnomachalik, hamyoningizga bemalol sig’adi. Qizil kartaning bir...

Continue reading

Immigratsiya xizmati ko’chada to’xtatganda

Hujjatsiz immigrant muhojir

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.  Avval chop etilgan maqolamizda politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimi hujjatsiz immigrant uyiga kelgandan qanday huquqlari borligini muhokama qilgan edik (Immigratsiya xizmati uyingizga kelganda). Mazkur maqola politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimi hujjatsiz immigrantni ko’chada to’xtatganda yoki ish joyi reyd o’tkazganda qanday huquqlari borligi haqida. Immigratsiya xizmati xodimi sizni ko’chada so’roq qilish uchun to’xtatganda, osoyishtalikni saqlang va muloyim bo’ling. Immigratsiya xizmati xodimi yoki huquq-tartibot xizmati xodimi bilan tortishmang va qarshilik ko’rsatmang. Qo’llaringiz hamisha politsiyaga ko’rinadigan holda tursin. Ingliz tilini bilsangiz, siz hibsga...

Continue reading

Hujjatsiz immigrantlar: Immigratsiya xizmati uyingizga kelganda

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.    Aholisi 310 millionga yaqin AQSh immigrantlar mamlakatidir. Taxminlarga ko’ra, AQSh hududida bugun 12-15 million hujjatsiz immigrant (undocumented immigrants) yashaydi. Hujjatsiz immigrant bu AQShda qonuniy ravishda istiqomat qilishga hujjati bo’lmagan shaxsdir. Hujjatsiz muhojirlar immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan tutilgan taqdirda, o’z vatanlariga deportatsiya (badarg’a) qilinadilar. Masalan, rasmiy raqamlarga ko’ra, 2016 yilda 240 mingdan, 2017 yilda esa 226 mingdan ortiq hujjatsiz immigrant o’z vataniga deportatsiya qilingan. Immigratsiya xizmatining AQShda hujjatsiz yashab-ishlab yurgan muhojirlarni topish maqsadida amalga oshiradigan faoliyatlardan biri bu reydlardir....

Continue reading

Politsiya mashinangizni to’xtatsa

* Quyidagi ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.    AQShda mashina haydovchi vatandoshlarimiz orasida yo’l politsiyasi to’xtatganda, bir oz bo’lsa ham hadiksiramaydigani topilmasa kerak. Bunday vaziyatda yo’l qo’yiladigan xatolar, odatda, ikki holatdan birida ro’y beradi. Birinchisi, haydovchining politsiyaga nisbatan hurmatsizlik bilan muomalada bo’lishi oqibatida. Bu ko’pincha haydovchi o’zini aybsiz deb hisoblaganda ro’y beradi. Ikkinchisi, haydovchining politsiya iltimoslariga e’tirozsiz itoat etishi natijasida. Politsiyaga hech qachon hurmatsiz munosabatda bo’lmaslik kerak. Ammo kezi kelganda, politsiya talablariga e’tiroz bildirish mumkin. Quyida yo’l politsiyasi mashinangizni to’xtatganda o’zingizni qanday tutishingiz kerakligi haqida ma’lumotlar beramiz. Mazkur maslahatlarning hammasi...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?