Amerikaga immigratsiya qilmoqchi bo’lsangiz
Har yili minglab vatandoshlarimiz chet elga, hususan AQShga immigratsiya qiladilar. “Immigratsiya” deyilganda chet elga doimiy ravishda ko’chib ketish nazarda tutiladi. G'arb davlatlariga istiqomat qilish va ishlash uchun ko'chib borish ilk qarashda zavqli ko'rinsa ham, ko'p holatlarda bu jarayon o'ziga hos moliyaviy, ruhiy, va ma'naviy qiyinchiliklar bilan kechadi. AQShda qariyb 11 yildan beri yashab, ishlab kelayotgan huquqshunos sifatida, immigratsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni kamaytirish uchun quyidagi besh maslahatni berishim mumkin: 1. Immigratsiya qilishdan maqsad nima? AQShga kelishdan oldin nima sababdan immigratsiya qilmoqchi ekanligingiz haqida jiddiy fikr-mulohaza yuriting. Masalan, O’zbekistonda amalga oshirish mumkin bo’lmagan orzuingiz bor bo’lsa, uni AQShda ro’yobga chiqarishingiz mumkinmi?...
Continue reading