574-386-2815

Call Us Now

 

Blog

At Langar Law Firm, we recognize that the practice of immigration law is not only about law. Whenever possible, we do our best to empower immigrants. This section intends to inform and educate recent immigrants from Central Asian countries.

Immigratsiya xizmati ko’chada to’xtatganda

Hujjatsiz immigrant muhojir

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.  Avval chop etilgan maqolamizda politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimi hujjatsiz immigrant uyiga kelgandan qanday huquqlari borligini muhokama qilgan edik (Immigratsiya xizmati uyingizga kelganda). Mazkur maqola politsiya yoki immigratsiya xizmati xodimi hujjatsiz immigrantni ko’chada to’xtatganda yoki ish joyi reyd o’tkazganda qanday huquqlari borligi haqida. Immigratsiya xizmati xodimi sizni ko’chada so’roq qilish uchun to’xtatganda, osoyishtalikni saqlang va muloyim bo’ling. Immigratsiya xizmati xodimi yoki huquq-tartibot xizmati xodimi bilan tortishmang va qarshilik ko’rsatmang. Qo’llaringiz hamisha politsiyaga ko’rinadigan holda tursin. Ingliz tilini bilsangiz, siz hibsga...

Continue reading

Grin karta g’oliblarining harajatlari qoplanadimi?

Har yili minglab vatandoshlar Grin karta dasturi orqali AQShga immigratsiya qilyapti. Savol tug’iladi, Grin karta egalariga hukumat qanday yordam beradi? Ularga ish va turar-joy bilan taminlanadimi? Yoki bo’lmasa AQShga yaqinda kelganlarga hukumat oyoqqa turib olishga qanday yordam beradi? AQSh hukumati  DV lotoreyasi g’oliblariga moliyaviy yoki boshqa biror ko’rinishdagi, masalan, safar xarajatlari, ish topish, sog’liqni saqlash, uy-joy topish va kira pulini to’lash bo’yicha hech qanday  yordam bermaydi. Aksincha, DV lotoreyasi asosida viza olish paytida, har bir lotoreya g’olibi AQShda ishlab, yashab keta olishga qodirligi va AQShda davlat qaramog’iga tushib qolmasligini isbotlashi kerak. Buning uchun shaxsiy hisobingizda qancha miqdorda pul va boshqa mulkingiz...

Continue reading

Talabalik vizalari haqida savol va javoblar

I-20 qanday forma? I-20 formasi rasmiy hujjat bo‘lib, u AQSh hukumati tasdiqlagan o‘quv muassasasi tomonidan beriladi. Bu hujjat barcha talabalik F-1 va M-1 vizasiga murojaat etuvchilardan talab etiladi.   I-20 hujjati sizning o‘quv yurtiga qabul qilinganligingizni tasdiqlab, SEVIS I-901 to‘lovini to‘lashingiz, vizaga murojaat etishingiz yoki viza maqomini o‘zgartirish va AQSh hududiga kirishingiz uchun kerakli ma’limotlarni o‘zida jamlaydi.  I-20 formasida talabaning shaxsiy raqami ko‘rsatilgan bo‘lib, bu raqam N harfi bilan boshlanuvchi to‘qqizta raqamdan iborat. SEVIS tizimi nima va u menga qanday ta’sir etadi? Talaba va tajriba almashinuv dasturi ishtirokchilari ma’lumoti tizimi (SEVIS) barcha o‘quv muassasalaridan o‘zlarining yangi va o‘qishni davom etayotgan xorijiy talabalarining ma’lumotlarini, maqomlarini...

Continue reading

Hujjatsiz immigrantlar: Immigratsiya xizmati uyingizga kelganda

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.    Aholisi 310 millionga yaqin AQSh immigrantlar mamlakatidir. Taxminlarga ko’ra, AQSh hududida bugun 12-15 million hujjatsiz immigrant (undocumented immigrants) yashaydi. Hujjatsiz immigrant bu AQShda qonuniy ravishda istiqomat qilishga hujjati bo’lmagan shaxsdir. Hujjatsiz muhojirlar immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan tutilgan taqdirda, o’z vatanlariga deportatsiya (badarg’a) qilinadilar. Masalan, rasmiy raqamlarga ko’ra, 2016 yilda 240 mingdan, 2017 yilda esa 226 mingdan ortiq hujjatsiz immigrant o’z vataniga deportatsiya qilingan. Immigratsiya xizmatining AQShda hujjatsiz yashab-ishlab yurgan muhojirlarni topish maqsadida amalga oshiradigan faoliyatlardan biri bu reydlardir....

Continue reading

Grin karta g’oliblari uchun foydali ma’lumotlar

AQShga immigratsiya qilishning keng qo’llaniladigan yo’llaridan biri bu Grin Karta lotoreya dasturidir. Mazkur dasturning rasman “Turli millatlarga mansub immigrantlar visa dasturi” (“Diversity Immigrant Visa Program” yoki “Diversity Visa”) deb ataladi. DV-2018 Lotoreya Dasturi arizachilari lotoreya natijalarini elektron DV vebsaytida 2018-yil 30-sentyabrgacha tekshirishlari mumkin. Eslatib o’tamiz, DV-2018 Lotoreya Dasturiga ariza topshirish 2016-yil 4-oktyabrdan 2016-yil 7-noyabrgacha davom etgan edi. Lotoreya natijalarinini tekshirishda arizachiga DV lotoreyaga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xati (Submission Confirmation) kerak bo’ladi. Arizachi Maqomini Tekshirish (Entrant Status Check) lotoreyada yutgan yoki yutmaganligingizni bilish uchun: dvlottery.state.gov vebsaytiga tashrif buyuring; va Tasdiq xatida sizga berilgan tasdiq nomerini vebsaytga kiriting. Agar lotoreya g’oliblaridan biri bo’lsangiz, vebsayt sizga ushbu...

Continue reading

Politsiya mashinangizni to’xtatsa

* Quyidagi ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Politsiya harakatlari haqida savollaringiz bo'lsa yoki shikoyat qilmoqchi bo'lsangiz, zudlik bilan advokat yollashni tavsiya qilamiz.    AQShda mashina haydovchi vatandoshlarimiz orasida yo’l politsiyasi to’xtatganda, bir oz bo’lsa ham hadiksiramaydigani topilmasa kerak. Bunday vaziyatda yo’l qo’yiladigan xatolar, odatda, ikki holatdan birida ro’y beradi. Birinchisi, haydovchining politsiyaga nisbatan hurmatsizlik bilan muomalada bo’lishi oqibatida. Bu ko’pincha haydovchi o’zini aybsiz deb hisoblaganda ro’y beradi. Ikkinchisi, haydovchining politsiya iltimoslariga e’tirozsiz itoat etishi natijasida. Politsiyaga hech qachon hurmatsiz munosabatda bo’lmaslik kerak. Ammo kezi kelganda, politsiya talablariga e’tiroz bildirish mumkin. Quyida yo’l politsiyasi mashinangizni to’xtatganda o’zingizni qanday tutishingiz kerakligi haqida ma’lumotlar beramiz. Mazkur maslahatlarning hammasi...

Continue reading

Oila a’zolari orqali Grin karta

* Quyida berilgan ma'lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o’rnida o’tmaydi. Immigratsiya masalalari bo'yicha savolingiz bo'lsa advokat bilan maslahat qilishni tavsiya qilamiz.  Grin karta olib, qonunan AQShda doimiy ro’yxatda turuvchi (lawful permanent resident) maqomini olishning bir necha yo’llari bor. Shulardan eng keng tarqalgan yo’li bu oila a’zosi orqali grin karta olishdir. Jamiyatda oilaning roli muhimligini hisobga olgan holda, AQSh Kongresi AQSh fuqarolari va unda doimiy yashovchilarning o’zga davlatlardagi oila a’zolari bilan birlashishi uchun sharoit yaratgan. Oila a’zolarining AQShga doimiy yashash uchun immigratsiya qilishlari yoki grin karta olishlarining ikki asosiy turi mavjud: A) AQSh fuqarosining yaqin oila a’zosi (Immediate relatives of U.S. citizens) va B) Oilaviy...

Continue reading

Amerikaga kelgandan keyin asosiy ishlar

Aytaylik Grin karta dasturi yoki AQSh fuqarosi bo’lgan oila a’zosi orqali AQShga ko’chib keldingiz. Vaqtinchalik turar-joyingiz ham bor. Ho’sh, birlamchi qilinishi kerak bo’lgan ishlar nimadan iborat? Mazkur maqola shu masalaga oydinlik kiritadi. 1. Ijtimoiy xavfsizlik raqamini (Social Security Number) oling AQShda qonuniy ishlamoqchi bo’lgan kishi birinchi navbatda Ijtimoiy xavfsizlik raqamini (IXR) yoki Social Security Number (SNN) olishi kerak. Xalq tilida qisqa qilib “Social” deb ataladi. AQShga yetib kelganingizdan keyin 10 kun o’tib IXRni olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. IXRni olish uchun hujjatlarni Ijtimoiy xavfsizlik bo’limiga (Social Security Agency) topshirishingiz kerak. Talab etiladigan hujjatlar ro’yhati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Bu hujjatlar...

Continue reading

2016 yilda Amerikaga necha o’zbekistonlik immigratsiya qildi?

2016 yilda o’zbekistonliklarning AQShga immigratsiya qilishi qanday ko’rinishda bo’ldi? Quyidagi raqamlar shu haqda. Doimiy yashash maqomini olganlar (Lawful permanent resident status) MDH davlatlaridan jami 9,280 kishi AQShda doimiy yashash maqomini olgan. Shulardan 4,359 kishi O’zbekiston fuqarosi. 4,359 kishi doimiy yashash maqomi quyidagi yo’llar bilan qo’lga kiritilgan: Oila a’zosining murojaati asosida: 588 kishi Mehnat vizasi asosida: 133 kishi AQSh fuqarosining yaqin oila a’zosi uchun qilgan murojaati asosida: 903 kishi Grin karta lotoreyasi asosida: 2,500 kishi Qochqin va siyosiy boshpana asosida: 225 kishi Boshqa qonuniy yo’llar bilan: 10 kishi AQSh fuqaroligini olganlar (Naturalized persons) O'zbekiston fuqarosi bo'lgan 1,685 kishi AQSh fuqaroligini oldi. Buning ichiga AQShda tug'ilgan O'zbekiston...

Continue reading

Immigratsiyaga bog’liq asosiy tushunchalar

Viza (Visa): AQSh elchixonasi yoki konsulligi tomonidan AQSh xududiga kirishga ruxsat beruvchi hujjat/stiker. Chet el fuqarosi (Alien): AQSh fuqarosi bo’lmagan kishi. Rezident (Resident): AQShda qonuniy ravishda qisqa, doimiy yoki shartli ravishda yashashi mumkin bo’lgan kishi. Grin karta (Green card): Grin kartaning rasmiy nomi Alien Registration Receipt Card bo’lib, xorijiy fuqaroni ro’yxatdan o’tganlik kartochkasi degan ma’noni bildiradi. Grin karta kishiga AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beradi. Doimiy resident (Permanent resident): AQShda doimiy yashash maqomiga ega bo’lgan kishi. Kundalik hayotda “grin karta egasi” (Green card holder) deb ham ataladi. Immigrant (Immigrant): AQSh immigratsion qoidalariga ko’ra, immigrant tushuchasi ichiga faqat doimiy resident yoki grin karta egasi kiradi. AQShda doimiy...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?