574-386-2815

Call Us Now

 

Blog

At Langar Law Firm, we recognize that the practice of immigration law is not only about law. Whenever possible, we do our best to empower immigrants. This section intends to inform and educate recent immigrants from Central Asian countries.

AQSH aeroportida ilmoqli savollar

* Quyida berilgan ma’lumotlar huquqiy maslahat emas. Immigratsiya huquqi bo'yicha savollaringiz bo'lsa advokat bilan bog'laning. Pasportingizga AQSh vizasi urildi. Xursandsiz. Aviachiptalarni oldingiz. 15 soatlik uchishdan so’ng samolyot Nyu Yorkning JFK aeroportiga qo’ndi. Hayajondasiz. Bir necha daqiqadan keyin sizni oilangiz yoki do’stingiz kutib oladi. Ammo aeroportda immigratsiya xizmati xodimi sizni AQShga kiritilmasligi, qisqa muddat ichida O’zbekistonga qaytib ketishingizni buyurishi mumkin. Bunday holat ko’pincha immigratsiya xizmati xodimi bergan savollarga qoniqarsiz javob berganingiz uchun kelib chiqadi. Ho’sh, AQSH aeroportida immigratsiya xizmati hodimi savollariga javob berishda nimalarga e’tibor berish kerak? Samolyot AQShga qo’nganidan keyin Samolyot AQShga qo’nganidan keyin barcha yo’lovchilar belgilangan yo’lakchalardan yurib, immigratsiya xodimi (aniqrog’i CBP [Customs and...

Continue reading

Yo’qolib ketadigan kasblar va IT sohasining kelajagi

Mehnat bozoriga tegishli hisobotlarga ko’ra, kelasi yillarda AQShda Informatsion texnologiyalar (IT) sohasidagi ishlarga talab ortib boraveradi. IT sohasidagi ishlarning kelajagi haqida ZiyoTek treyning kompaniyasining asoschilari bo’lmish Zafarjon Roostamov va Mamur Azimov bilan suhbat qildik. Zafarjon SES Networks’da yetakchi infratuzilmalar muhandisi bo’lib ishlaydi. Mamur esa Bloomberg Law’da yetakchi Linux muhandisi bo’lib ishlaydi. Ular ZiyoTek treyning kompaniyasiga asos solib, vatandoshlarga Linux bo’yicha kurslar taklif qilishmoqda. Bu ikki mutaxassisga ko’ra, IT sohasidagi rivojlanishlar hisobiga, turli-tuman kasb-hunarlar keyingi 20 yil ichida yo’q bo’lib ketish arafasida. Buning sabablari orasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: Texnologiya, ayniqsa sun’iy aql texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida misli ko’rilmagan darajada rivojlanib...

Continue reading

AQShda magistratura: Ikromjon To’xtasinov bilan suhbat

AQShda tahsil olish mavzusini yoritishni davom ettiramiz. Navbatdagi suhbatdoshimiz Ikromjon To’xtasinov. Ikromjon 1993 yil Namangan shahrida tug’ilgan. 2017 yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini bitirgan. Universitet qoshida faoliyat yuritgan Global Perspective Analytical Forum talabalar tashkilotining Direktori bo'lgan. Shu bilan birga universitetda Model United Nations anjumanlarini tashkillashtirishda ishtirok etgan. AQShga kelishdan oldin turli davlat va no-davlat tashkilotlarida amaliyot o’tagan, jumladan O’zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligining Protokol bo’limida ishlagan. Ta’lim va iqtisodiy rivojlanish o’rtasidagi bog’liqlik masalalariga qiziqadi. Bu masalani chuqurroq o’rganish uchun hozirda Chilida joylashgan Ensena Chile ta’lim tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda. O’zbek, rus va ingliz tilida bemalol muloqot qiladi, bir...

Continue reading

AQShda nafaqaga chiqish

O‘zbekistonliklarning AQShga immigratsiya qilishi 1991 yildan keyin boshlandi. Demak, vatandoshlar orasida hozir nafaqa yoshida bo‘lganlar ko‘p. AQShga keyinchalik immigratsiya qilganlar esa nafaqa haqida hozirdan moliyaviy reja qilishni boshlashlari maqsadga muvofiq. AQShda nafaqa tizimi qanday ishlashini bilasizmi? Nafaqaga chiqish uchun etarli mablag’ yig’ib qo‘ydingizmi? Qaysi moliyaviy rejalash usullaridan foydalanyapsiz? Mazkur savollarga javob topish uchun moliyaviy maslahatchi (Financial adviser) Jamshid Usanov bilan bog‘landik. Amerikada ijtimoiy xavfsizlik uchun qaysi davlat muassasasi mas’ul? Amerikada ijtimoiy xavfsizlik tizimini boshqarish uchun Social Security Administration (SSA), ya’ni Ijtimoiy Xavfsizlik Boshqarmasi, mas’ul. Mazkur boshqarma 1935 yilda Social Security Act orqali tashkil etilgan va shundan beri AQShda nafaqa yoshiga yetgan aholiga ijtimoiy...

Continue reading

UBER haydovchilariga 10 maslahat

* Quyida berilgan ma’lumotlar rasmiy huquqiy maslahat o‘rnida o‘tmaydi. Uber yoki Lyft haydash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy masahat uchun advokat bilan bog‘laning. Vatandoshlarimiz orasida Uber yoki Lyft haydovchisi bo’lib ishlayotganlar ko’p uchraydi. Barakasini bersin, oson ish emas. Mashina haydash va mijozlar bilan muloqot qilishda turli vaziyatlar yuzaga keladi. Yo’lovchi baqirib-so’kishi yoki ur-tepga o’tishi mumkin. Uzun soatlar mashina haydash natijasida yo’l-transport hodisalarining sodir bo’lish ehtimoli ortadi. Ho’sh, Uber yoki Lyft haydovchilari e’tibor berishi kerak bo’lgan holatlar nimadan iborat? Mazkur maqolada 10ta maslahat beramiz. 1. Uber/Lyft haydashga faqat vaqtincha ish sifatida qarang Uber/Lyft haydovchisi bo’lishning o’ziga yarasha qulayliklari bo’lsa ham, bu ishni faqat vaqtincha bajarish...

Continue reading

Uzbek Immigrant blogining bir oylik faoliyati

Uzbek Immigrant blogi o'z faoliyatini 2018 yil 1 yanvarda boshladi (ammo blog ochish haqidagi fikr 2017 yil dekabr oyining oxirgi kunlarida paydo bo’lgan). Facebook sahifamizni esa 2018 yil 9 yanvarda ishga tushirdik. Ho’sh, bir oy ichida nima ish qildik? Quyida bir oylik faoliyatimiz sarhisobini raqamlarda ko'rishingiz mumkin: Postlarimizni ko'rgan kishilar soni (Reach) - 10086 Postlarimizga bildirilgan munosabatlar soni (Engagement) – 6912 Muhlislar soni (Likes) – 1380 Kuzatuvchilar soni (Followers) - 1449 Taqrizlar (Reviews) - 17 kishi 5 ustidan 5 baho berdi (bu ko'rsatkichda ancha oqsayapmiz) Eng ko’p o'qilgan maqolalar: 1. Amerikada qimmatga tushadigan 4 xato (542 post clicks) 2. Hujjatsiz immigrantlar...

Continue reading

Qalliq vizasi nima?

K-1 vizasi nima? Qalliq vizasi (yoki K-1 vizasi) AQSh fuqarolari bilan AQShda qonuniy nikohdan o‘tib, AQShni tark etmasdan, doimiy qonuniy rezident maqomini olish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun mo‘ljallangan. K-2 vizalari K-1 vizalarini olgan shaxslarning farzandlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu farzandlar ham viza suhbatiga kelishlari shart. K-1 vizasiga hujjatlarni topshirish jarayoni nimadan iborat? AQSh fuqarosi bo‘lgan qallig‘ingiz o‘z yashash joyi bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatining Xizmat Markaziga pochta orqali I-129 (Chet el fuqarosi bo‘lgan qalliq uchun petitsiya) Formasini topshirishi kerak. Qallig‘ingiz AQShdan tashqarida yashayotgan bo‘lsa, u petitsiyani o‘zining AQShda eng so‘nggi yashagan joyida vakolatga ega AQSh Fuqarolik va Immigratsiya...

Continue reading

AQShdagi O’zbekiston elchixonasining bayonoti

AQShdagi O’zbekiston elchixonasi faoliyatini yoritishda davom etamiz. Bugun elchixonaning Facebook sahifasida elchixona faoliyati to’g’risidagi manfiy maqolalarga munosabat bildirildi. Elchixona tomonidan bunday bayonot berilishi avval misli ko’rilmagan holat bo’lib, elchixona o’z faoliyatini haqiqatdan ham qisqa muddat ichida yaxshilashga jiddiy kirishganini ko’rsatadi. Ho’sh, elchixona chop etgan bayonotda nima deyiladi? Fuqarolarning elchixonaga murojaatlari amaldagi “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Konsullik masalalari bilan murojaat qiluvchilarni qabul qilish kunlari va soatlari uzaytirildi. Endi konsulxona dushanbadan jumagacha, 9dan-13gacha ishlaydi. Avval konsulxona qabul qilish kunlari dushanbadan payshanbagacha, 10-12gacha edi. Konsullik faoliyati va to’lovlar haqida savoli bo’lgan kishi birinchi bo’lib vebsahifaga murojaat qilishini,...

Continue reading

Daromad soli’gi: savol va javoblar

Benjamin Franklinga ko’ra bu dunyoda o’lim va soliqlardan boshqa hech narsa muqarrar emas ("In this world nothing can be said to be certain, except death and taxes."). Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bu gapda jon bor ekanligini yaxshi bilishadi. Sababi, Amerikada soliq to’lash bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar qat’iy ijro etiladi. Soliq to’lamagan yoki bila turib soliq to’lashda yolg’on daromad/harajat ko’rsatgan kishi bir kun kelib albatta javobgarlikka tortiladi. Amerikada soliq to’lash bilan bog’liq bo’lgan masalalar juda murakkab bo’lgani sababli, fuqarolarning aksariyati tegishli qoidalarni yaxshi tushunmaydi va natijada soliq to’lashda jiddiy xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Amerikada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga daromad solig’i haqida ma’lumot berish uchun...

Continue reading

Qoqilgan eshik ochiladi

Kuni kecha Qalampir.uz’da Malika Sharipovaning AQShdagi elchixonalar faoliyatidan norozi bo’lib yozgan maqolasi e’lon qilingan edi. Maqola chop etilishi bilan Malikaga ham Nyu York, ham poytaxt Vashingtondan qo’ng’iroq qilishdi. Voqea davomini quyida Malikaning o'zi bayon etadi. Malikaga mazkur muammoni yoritib, o'quvchilar bilan bo'lishgani uchun katta rahmat! Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, agar elchixona xodimi sizga hurmatsizlik ko’rsatsa, amaliy yordam berishdan bosh tortsa, asossiz hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa va xatti-harakatlari bilan sizni ortiqcha ovora qilsa, elchixonadan indamay chiqib ketmang, tegishli yuqori turuvchi davlat organlariga shikoyat qiling. Bu shikoyatingiz natija bermadimi, mahalliy yoki chet elda joylashgan ommaviy axborot vositalariga murojaat qiling, muammoni ular orqali...

Continue reading

Add A Knowledge Base Question !

You will get a notification email when Knowledgebase answerd/updated!

+ = Verify Human or Spambot ?